Informatika

Matematik funksiyalar:

  1. ABS(son) funksiyasi. Sonning modulini hisoblaydi. Masalan: “abs(-3)=3” , “abs(5)=5”.
  2. Знак(son) funksiyasi. Kiritilgan son manfiy bo’lsa -1, nol bo’lsa 0, musbat bo’lsa 1 qiymatni chiqaradi. Masalan Знак(-21)=-1, Знак(14)=1, Знак(0)=0
  3. Yangi mavzuni mustahkamlash (slayd orqali namoyish etiladi).

Darslikdagi mashqlarni doskada bajarish.

Boshqotirma yechish: slayd orqali taqdim etiladi.

1.Birinchi elektron jadval nomi?

2.Mantiqiy funksiya qabul qiladigan qiymatlardan biri .

3.Kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan va biror nomga ega ma`lumotlar majmuyi.

  1. Mantiqiy funksiya qabul qiladigan qiymatlardan biri .

5.Kompyuterning texnik qismi .

6.ЛЕВСИМВ qaysi funksiya turiga taalluqli?

7.MAKC va MIN qaysi funksiya turiga taalluqli?

8.Sonning absolyut qiymati va sonning kvadrat ildizi qaysi funksiyada aniqlanadi?

9.Chop etish qurilmasi?

10.Ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval.

11.Sonning absolyut qiymatini qaysi funksiya hisoblaydi?

 Aqlni charxlash (slayd orqali namoyish etiladi).

 G`olib guruh aniqlanib, o`quvchilar rag`batlantiriladi.

 V.Dars yakunlanadi , uyga vazifa: 21-dars 98-102 bet,

5-mashq, 103-bet.

 

Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlarni bajaramiz:

1)     B2:H2 blokidagi katakchalarni  piktogrammasi yordamida

birlashtiramiz va “Nechalik jadval kerak?” matnini kiritamiz;

2)     D3 katakchaga “=”, E3 katakchaga biror sonni (masalan, 6 ni) kiritamiz;

3)     C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya’ni C4 katakchaga “=E3”ni yozib F4 klavishini bosamiz;

4)     D4 katakchaga “*” belgisini, E4 katakchaga 1 sonini, F6 katakchaga “=” belgisini kiritamiz;

5)     G4 katakchaga “=C4*E4” formulani kiritamiz;

6)     C4:G4 blokini belgilab, blokning o‘ng quyi burchagidagi ■ belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo‘yicha pastga tortib nusxalaymiz;

7)     Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaymiz.

Tekshirib ko‘rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymatni o‘zgartirsak, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o‘zgaradi.

Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to‘plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi.

 

 

 

3-son umumta’lim maktabi

Ibragimov Rashid

8-sinf informatika

Ochiq dars ishlanmasi

Darsning texnologik xaritasi.

Mavzu MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llanilishi
Maqsad va vazifalar

 

 

 

 

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari matematik funksiyalar ,mantiqiy funksiyalar,statistik funksiyalar va matnli funksiyalar haqida bilim va ko`nikmalar berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo`naltirish.O`quvchilarni fanga qiziqtirish maqsadida O`zbekistonda kibernetika maktabining asoschisi V.Qobulov haqida ma`lumot berish orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va savodxonligini oshirish.

Darsning vazifasi: O`quvchilarga MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib berish.

O`quv jarayonining mazmuni Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari.Matematik funksiyalar va ularning qo`llanishi.Mantiqiy funksiyalar va ularning qo`llanishi.Statistik funksiyalar va ularning qo`llanishi matnli funksiyalar va ularning qo`llanishi.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub:Nazariy va amaliy.

Shakl:Yangi bilim ,tushuncha hosil qilish.

Usul: Aqliy hujum,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita:Elektron resurslar,darslik,plakatlar,boshqotirma, tarqatma materiallar,kompyuter va slayd taqdimoti,rag`bat kartochkalari.

Nazorat:Og`zaki,savol-javob,muhokama,kuzatish.

Baholash:Rag`batlantirish ,5 balli reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar O`quvchilar yangi bilim va ko`nikmaga ega bo`ladi.Ular Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari,matematik funksiyalar mantiqiy funksiyalar,statistik funksiyalar va matnli funksiyalar haqida bilim va qo`llash ko`nikmalarini egallaydilar.
Kelgusi rejalar O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, o’z ustida ishlaydi,pedagogik mahoratini oshiradi, o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

O’quvchi: darslikdan ishlashni o’rganadi, o’z fikrini bayon qila oladi, mavzuga oid qo’shimcha materiallarni InterNet va ZiyoNet tarmoqlaridan topadi va o’rganadi.

 


 

Darsning blok- chizmasi:

Dars bosqichlari Vaqt
1 Tashkiliy qism 3 daqiqa
2 Uy vazifasini so`rash 7 daqiqa
3 Yangi mavzu bayoni 12 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
5 Darsni yakunlash va uyga vazifa berish 3 daqiqa

Darsning shiori: Oz bo`lsa ham bilmoq uchun ko`p o`qimoq kerak!

Asosiy tushunchalar:Matematik amallar, matematik funksiyalar, mantiqiy funksiyalar, statistik funksiyalar, matn funksiyalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism :Salomlashish,davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlikni kuzatish.

  1. Uy vazifasini so`rash (Aqliy hujum slayd asosida).

         O’quvchilarga quyidagi jumlalar ekranda ko’rsatiladi. Bunda o’quvchilar jumlalarning to’g’ri yoki noto’g’riligi jadval orqali belgilab borishadi.

  1. Elektron hisoblash mashinalari davri hisoblash texnikasining birinchi davri hisoblanadi.
  2. Informatika uchun asosiy ashyo bu axborot hisoblanadi.
  3. Microsoft Excel dasturi Offise dasturlari qatoriga kiradi.
  4. Skaner kompyuterning asosiy qurilmasi hisoblanadi.
  5. Printerlarning ikki turi mavjud: lazerli va bosma.
  6. Monitor ma’lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilma.
  7. Excel dasturida katakcha kiritilgan ma’lumotlar formula satrida aks etib boradi.
  8. Excel elektron jadvalida ustunlar lotin harflari bilan tartiblangan.
  9. Excelda eng kichik element sifatida bir katak qabul qilingan.
  10. Excelda satrlar natural sonlar yordamida tartiblangan.

O’quvchilar keltirigan jumlalar to’g’ri bo’lsa aylana, noto’g’ri bo’lsa xrestik belgini o’zlariga berilgan, o’nta katakdan iborat jadvalga ketma-ket belgilashadi va keyin guruhlar o’zaro almashib, natijalarni tekshiradilar.

1- guruhga:

1.Birinchi elektron jadvalning nomini ayting? (VisiCalc)

2.Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat faylining kengaytmasi qanday?  (.xls)

3.MS Excel elektron jadval qachon ishlab chiqarilgan? (1994 yil)

  1. Ustun va satr birlashmasidan iborat jadval (katakcha)

5.Excel elektron jadvali qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan? (Microsoft)

6.Qanday elektron jadvallar nomini bilasiz?

(Multiplan, VisiCalc,SuperCalc,MS Excel)

  1. MS Excelda formula yozishda qanday belgidan boshlanadi?(=)

8.

2-guruhga:

  1. Excelda ishlangan xujjat dastlab qaysi nom bilan ko’rsatiladi? (Книга1)
  2. Excelda katakchaga kiritilgan sonli ma’lumot katakchaning qaysi tomoniga formatlanadi? (o’nga)
  3. Jadvaldagi ajratilgan (hoshiyali) katakcha nima deyiladi? (Joriy katakcha)
  4. Bir nechta kataklar birlashmasi nima deyiladi? (Blok)
  5. Birinchi elektron jadval qachon yaratilgan? (1979)

III.Yangi mavzu bayoni tushuntiriladi (elektron resurslar orqali).

Yangi mavzuning bayoni:

Avvalgi darsda matematik amallar bajarishga, matematik formulalar yozishga va funksiyalar to’plamiga murojaat qilishga oid qisman ma’lumotlar oldingiz. Endi Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.