Matematika

           Mavzu: Har xil ishorali sonlarni qo’shish

  Darsning maqsadi:

  1. a) Talimiy maqsadi: Har xil ishorali sonlarni qo’shish berilgan sonlarga qarama-qarshi sonlarni topa bilish sonning modulini bilish sonlar o’qida qo’shishni bilish;
  2. b) Tarbiaviy maqsadi: O’quvchilarni aniq va to’g’ri fikirlashga o’rgatish matematik nuqtani oshirish.
  3. c) Rivojlantruvchi maqsadi: Savol javob misol va masalalar yechish yordamida o’quvchilarning BKMlarni rivojlantirish:

Dars turi: Nazriy, amaliy .

Dars tipi: Yangi mavzuni bayon qilish,mustahkamlash.

Dars metodi :Savol javob,suxbat,aqliy hujim interfoal test o’yini

Dars jihozi :AKT,test ,boshqotirma,mozayka

                                              Darsni  boshlanishi. 

a)Sinf va o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish. b)Davomat olish.

  1. v) Uyga vazifani tekshirish.

Darsning borishi: Guruhlar o’zlarini tanishtrishadi (5daqiqa).   Yangi mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lash uchun kichik test o’tkaziladi va bunda ekranda har bir guruh   uchun  berilgan testlar ishlatiladi va ularning javoblarini o’zaro almashgan holda ekrandagi   javoblar bo’yicha tekshirishadilar.

                                               TEST

           1-Gurux            2- Gurux               3- Gurux
1) 30ning  qismiA)25  B)36  C)20

2)x+=9

A)9   B)9   C) 9

3)Manfiy sonlarni qo’shing va unga qarama-qarshi sonlarni yozing.

-45,4+(-36,78)

A)-82,18  B)82,18  C)45,18

4)Amallarni bajaring

|-15|+|-20|-|-3||-5|

A)-20     B)-5    C)20
5)Tengsizlikni qanotlantruvchi butun sonni toping.

0x5

A)x=0,1,2,3,4,5.

B)x=1,2,3,4.

C)x=0,1,2,3,4,.
 

1)70ning qismiA) 63     B)70  C)49

2) x+=8

A)7     B)6    C) 7

3)Manfiy sonlarni qo’shing va unga qarama-qarshi sonlarni yozing

-17,6+(-74,33)

A)-91,93  B)91,93  C)94,53

4)Amallarni bajaring

|-20|+|-15|-|-4||-5|

A)-15     B)-20    C)15

5)Tengsizlikni qanotlantruvchi butun sonni toping.

-5×0

A)x=-5,-4,-3,-2,-1,0.

B)x=-4,-3,-2,-1.

C)x=-3,-2,-1,0.

1)100ning qismiA)24   B)34     C)25

2) x+=4

A)   B)3     C)4

3)Manfiy sonlarni qo’shing va unga qarama-qarshi sonlarni yozing

-76,7+(-14,53)

A)45,63  B)91,23  C)62,17

4)Amallarni bajaring

|-25|+|-45|-|-9||-5|

A)25     B)-45     C)45

5)Tengsizlikni qanotlantruvchi butun sonni toping.

-4x-1

A) x=-4,-3,-2,-1.

B)x=-3;-2

C) x=-3,-2,-1.

Javoblar.

1)A2)C

3)B

4)C

5)A

1)A2)C

3)B

4)C

5)A

1)A2)C

3)B

4)C

5)A

 

O’quvchilar testlarni ishlab bo’lguncha Surayyo Zulfiya she’rlaridan o’qib beradi.

  Yangi mavzuning bayoni  (10daqiqa)

1) Musbat son deb qanday songa aytiladi?

2) Manfiy son deb qanday songa aytiladi?

3) Butun son deb nimaga aytiladi?

4) Sonning moduli deb nimaga aytiladi?

5) Qarama-qarshi son deb nimaga aytiladi?

6) Manfiy sonlar qanday qo’shiladi?

Maqsad:o’quvchilarga har xil ishorali sonlarni qo’shish, amaliyotda qo’llashni o’rgatish.

1-misol. Yig’indini toping: (-4)+(+6)

Yechish. +6>0,|+6|=6 va |-4|=4 ekani ravshan.

Butun sonlar qatorida(-3) sonidan boshlab o’ng tomanga qarab 6ta sonni sanaymiz. Shunda sanash (+2) soniga kelib to’xtaydi, demak, (-4)+(+6)=+2=2. Javob:2

…, -5,-4,-3,-2,-1,0,1,2,3,4,5,6, …

6 ta son

Bu misolda musbat qo’shiluvchining moduli katta edi, shuning uchun ham yig’indi-natija musbat son chiqadi.

(-4)+(+6) yig’indini son o’qida topishni o`zingizga havola qilamiz. Bunda birlik kesma o`q yo`nalishida koordinatasi (-4) bo`lgan nuqtadan boshlab olti marta qo`yiladi.

2-Misol. Yig`indini toping (+2)+(-5).

Yechish. -5 <0 va |-5|=5 bo`lgani uchun butun sonlar qatorida 1 sonidan boshlab chap tomonga qarab 5ta sonni sanaymiz. Shunda sanash (-3) soniga kelib to`htaydi, demak, (+2) + (-5)=-3  J ovob: -3

…, -6, -5, -4, –3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, 4, …

 

2- misolda manfiy qo`shiluvchining moduli katta edi, shuning uchun ham yig`indi – natija manfiy son chiqdi.

1- va 2- misollardan shunday xukosaga kelamiz.

Har xil ishorali va modullari teng bo`lmagan ikkita sonni qo`shish uchun:

1-qadam: katta moduldan kichigini ayirish;

2-qadam: ayirma oldiga katta modulli qo`shiluvchi ishorasini qo`yish kerak.

1- va 2- misollarda ko`rdikki, avval yig`indining ishorasi aniqlanadi va yoziladi, so`ngra modular ayirmasi topiladi.

3-misol. Yig`indini toping: (+5) + (-5).

Yechish. -5 < 0 va |-5|=5 bo`lgani uchun

…, -5, -4, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, …

5 ta son

 

Butun sonlar qatorida 4 sonidan boshlab chap tomonga qarab 5 ta sonni sanaymiz. Shunda sanash 0 soniga kelib to`xtaydi, demak, (+5) + (-5) =0

Javob: 0

3- misoldan quyidagi xulosaga kelamiz.

Qarama – qarshi sonlar  yig`indisi nolga teng.

Umumanm, ixtiyoriy n soni uchun

                                  n + (-n) =0.

                                         Mustahkamlash 

932.)1)(+3)+(-3);                3)(-4)+(-60);             5)(+18)+(-17);

2)(-10)+(+10)             4)(-9)+(+9)                6)(+1)+(-6.

933.)1)(-8,5)+(+1,5);         3)(+4,8)+(-5,2);        5)(-9,2)+(1,8);

2)(-7,5)+(+2,5);         4)+7,3)+(-1,3);          6)(-9,50+(+5,5).

934.)1)         3)

2)               4).

5)6,5+(-8,15) ;                          6)-4,25+(3)

935.Tenglamani yeching :

1)|x+3|=0        2)|x-6,5|=0         3)|x-6 |=0                                            

Bunda o’quvchilar kartochkalarda yozilgan masalalarni tezkorlik bilan guruhlar o’zaro misollarni ishlashadi,qaysi guruh misolni ishlab bo’lsa o’sha guruhdan o’quvchi chiqib davom ettiradi.Bunda kartochkalarda misollar bilan birgalikda harflar ham yozilgan. Misol to’g’ri ishlansa magnit doskaga o’sha harf qistiriladi, o’sha son turgan joyga,natijada ,,Keksalarni e’zozlash yili”degan so’z hosil bo’ladi.Har bir to’g’ri javob uchun bitta,,rag’bat”,noto’g’ri javob uchun esa ,,jarima” kartochkalari beriladi.

Mavzu mustahkamlanib bo’lgach ,,Mazayka”o’ynaladi.Bunda o’quvchilar “Matematika aql gimnastikasidir” gapdagi har bir so’z qirqimlarini yig’im har bir guruh bir so’zni  hosil qiladi.(5 daqiqa)

Dars  yakunlandi.  Bunda o’quvchilar olgan baholar qaysi guruh g’olib ekanligi, ularning kamchiliklari va yutuqlari aytib o’tiladi.Uyga vazifa beriladi va qisqacha tushuntiriladi. Uyga vazifa  N948-950. Mavzu o’qish.