To`rtko`l tuman XTMFMT va TEB ga qarashli 3 – umumta`lim maktabida
“Xilpira O`zbekiston bayrog`i” deb nomlangan tadbir
B A Y O N N O M A S I
Qatnashdi: Maktab direktori Ya.Rozumbetov ,
MMIBDO`: M.Babaeva
Yoshlar ittifoqi raisi: G.Pirmuhammedova, fan o`qituvchisi: S.Matniyazova ,
o`qituvchilar va maktab o`quvchilari
Tadbirni maktab direktori Ya.Rozumbetov ochib berdi. “Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar! O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining qabul qilinganiga 26 yil to`lganligi munosabati bilan o`tkazilayotgan “Xilpira O`zbekiston bayrog`i” deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz. Ma`lumki, har bir davlatning o`z davlat ramzlari bo`ladi.O`zbekiston Respubliaksi ham mustaqillikka erishgandan keyin o`z davlat bayrog`I, gerbi va madhiyasiga ega bo`ldi. Tarixdan ma`lumki yurtimizdagi hukmdorlarning o`z ramz va tug`lari bo`lgan. Misol qilib oladigan bo`lsak, amir Temur va Temuriylar, Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklarining davlat bayroqlari bo`lgan.
Tadbirni maktab o`quvchilari ochib berdi.Ular bayroqqa ois she`r va ma`lumotlar bilan tanishtirib chiroyli raqslarni ijro etishdi. Har bir ishtirokchining qalbida yurtimiz vatanimizga bo`lgan faxr va iftixor tuyg`ulari shundoq ko`rinib turdi.
Tadbir so`ngida faol qatnashgan o`quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar
Qaror:
1. Tadbirda faol ishtirok etgan o`quvchilarga faxriy yorliq berilsin va ushbu vazifa MMIBDO` G.Xodjaevaga yuklatilsin
3 – umumta’lim maktabning Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fani o’qituvchisi
Matniyazova Sarvinozning 18 – noyabr
,, O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i “ ga bag’ishlab o’tkazgan
,,Xilpira O`zbekiston bayrog`i “ nomli
tadbir ssenariysi
Boshlovchi: Salom sizga yurak to’ridan
Davramizga yig’ilgan do’stlar
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga”Xush kelibsizlar.”
Assalomu alaykum aziz ustozlar,qadrli ota-onalar,maktabdosh do’stlar,mehribon opa-singillar.O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlangan bayram kechamizga xush kelibsizlar.Bugun biz sizlar bilan davlatimiz ramzi bo’lgan bayroq haqida suhbat quramiz.
O`quvchi: Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha,buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan.
O`quvchi: Jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham u mamlakat tug’ini baland tutsin,deb farmon bergan.
O`quvchi: Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi,deb qabul qilingan.
O`quvchi: Bayroqdoq bo’lish askar uchun yuksak sharaf hisoblangan.
O`quvchi: Bayroq biror firqa,tashkilot,ummat,millat va uning davlatining belgisidir.Bularning orasida millat uchun eng muhimi va uning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq-davlat bayrog’idir.
Boshlovchi: Endi navbatni Vatnim bayrog`i deb nomlangan raqslar guldastasiga bersak
Musiqa tugagach o`quvchilar yana bayroq haqida she`r aytishadi
O`quvchi: Hilpilla bayrog’im,hilpilla mag’rur,
Ozod,hur xalqimga baxsh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida.
Hilpira bizlarga baxsh etib g’urur.
O’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzo chekkan.
13-o’quvchi:Ushbu qonun 13 moddadan iborat.
3-modda:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I xalqaro maydonda: O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida,xalqaro tashkilotlarda,konferensiyalarda,jahon ko’rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.
4-modda:Bayroqning uzunligi 250smga,kengligi 125smga teng.Moviy rang,oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.Har bir en 40 smga tengdir.Qizil hoshiyalarning kengligi 2.5smga teng.
7-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda boshqa davlatlarning bayrog’I ko’tarilsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I o’ng tomondan,boshqa davlatning bayrog’I chap tomondan ko’tarilmog’I kerak.
1-o’quvchi:Ona yurtim jon yurtim
Hur O’zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog’ini
O’pib yuzimga surtdim.
2-o’quvchi:Ko’zlarga nur bag’ishlar
Respublikam bayrog’i.
Osmoni keng musaffo
Vatan chaman har yog’i
Respublikam bayrog’i.
3-o’quvchi:Yo’ldoshdir yo’limizda
Parpirab qo’limizda
Mehri dillarda yashar
Surati ko’nglimizda
Respublikam bayrog’i.
4-o’quvchi:Porlasa turfa rangda
Quyosh deysiz qaranga
Zafarlarga chorlovchi
Respublikam bayrog’i
5-o’quvchi:Tinchlik,mustaqillik bu
Bundan orzular kular
Kelajak yorqinlik bu
Respublikam bayrog’i
6-o’quvchi:Bu shonli O’zbekiston
Baxtimiz Bahorimiz
Nomi tillarda doston
Sharaf iftixorimiz
Respublikam bayrog’i.
7-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayrog’I ko’tarilganida O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’I alohida,qolganlari esa o’zbek alfaviti bo’yicha ko’tariladi.
8-o’quvchi:Davlat bayrog’I va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.
9-o’quvchi :Ko’kda hilpirar mag’rur , O’zbekiston bayrog’i
Dillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’I
“O’z bayrog’im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, O’z ramzi, ma’nosi bor.
7-o’quvchi:Dunyoda millat va elatlar,xalqlar va davlatlar ko’p,lekin O’zbekiston bitta.Uning bayrog’I ham yagona.
Boshlovchi:Shu bilan bizlarga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi,
e’tiboringiz uchun rahmat.Xayr,sog’-omon bo’ling,bayrog’imizni yuksaklarga ko’taring
3-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Igamberdiyeva Gulchehraning
“HILPIRA BAYROG`IM- HILPIRA MAG`RUR”
mavzusidagi
t a d b i r i ssenariysi
“Hilpira bayrog`im-hilpira mag`rur”
Sahna chiroyli bezatilgan. Davlat ramzlari plakatlari ilingan. Gullar, sharlar bayram ko’rkiga ko’rk qo’shgan. To’rda tinchlik, ezgulikka chorlovchi shiorlar, milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat borasidagi hadislardan namunalar, nuroniy keksalarimiz, baxtiyor avlod, mustaqillik tufayli erishgan yutuqlarimiz aks etgan suratlar, plakatlar osilgan.
Ohista kuy taraladi. Sahnaga ikki boshlovchi – o’g’il va qiz bola tashrif buyurishadi va mehmonlar bilan salomlashadi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, aziz ota-onalar, muhtaram ustozlar va o’qituvchilar!
Bugungi 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i qabul qilingan kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan “Hilpira bayrog`im-hilpira mag`rur” nomli bayram tadbirimizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum ! Har qanday davlat suverentlik maqomiga ega bo`lishi uchun uning muqaddas timsollari,bayrog`i,madhiyasi,gerbi va milliy valyutasi bo`lishi lozim. Bu muqaddas timsollar davlatning milliy bayramlarida,davlatlararo yuqori martabali tashriflarda,shuningdek,mamlakat sportchilari xalqaro musobaqalarida g`oliblik shohsupasiga chiqqanlarida ko`tariladi, yangraydi.
1-boshlovchi: O`zbekistonimizning muqaddas timsollaridan uning Bayrog`i va Davlat Gerbi mamlakatimizning rasmiy dargohlarida ham doim o`rnatilgan bo`ladi. Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib biz xalqimizning millat sifatidagi o`rni O`zbekistonning butun jahon mamlakatlaridan biri ekanligini idrok qila olmaymiz. Shuning uchun doim yurtimiz bayrog`i baland ko`tarilib,ko`rinib hilpirab tursin…
2-boshlovchi: Ona-diyorimizning eng yangi tarixi 1991- yil 1-sentabrdan boshlanadi. Shu davrdan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlatga asos solindi. Biz ham jahondagi yuksak rivojlangan davlatlar singari,bozor munosabatlariga o`ta boshladik. Nufuzli xalqaro tashkilotlar-Birlashgan Millatlar Tashkiloti,Xalqaro valyuta fondiga a`zo bo`ldik. Xalqimiz o`z salohiyatini namoyon eta boshladi. Mamlakatimiz chet el iqtisodiyotiga yo`l ochib qo`yildi. Vatanimizga xorijdan ko`plab tadbirkorlar, ishbilarmonlar kelib, investitsiya qo`ya boshlashdi. Natijada tez orada mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkamlanib, respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, buyuk davlatga aylanadi. Har bir mustaqil davlatning o`z alohida ramzi- bayrog`i bo`lishi qadimdan qonun tusini olgan. Kattami-kichikmi barcha mustaqil davlatlar, saltanatlarning o`z bayrog`i bo`lgan. Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqlikni anglatadi. Davlatimiz mustaqilligi,milliyligini anglatib turadi…
1-boshlovchi: Marhamat davraga 2-“v” sinf o`quvchilarini taklif qilsak…
1-o`quvchi: Assalom alaykum ey moviy osmon,
Ey mening muqaddas beshigim vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim vatan.
2-o`quvchi:Yurt kezib sog`insam tuproq gardini
Sog`inchimdan ko`zi yoshlangan Vatan.
Mening yuragimda tutashib yo`li,
Mening ostonamdan boshlangan vatan.
3-o`quvchi: Onamsan,otamsan neki ulug` bor,
Sening noming bilan aytilar Vatan.
Bu dunyoga kelib senga kelinar,
Va bir kun senga qaytilar Vatan.
4-o`quvchi: Mening ilk salomim alik olganim,
Ilk bor qadamimni qutlagan makon,
Sevgi izhorimdan entikkan yurak,
Mening muqaddasim ey,O`zbekiston.
5-o`quvchi: Ajdodlar qadridan qad rostlagan yurt,
Chindan vatan bo`ldi,mamlakat bo`ldi.
Orziqqan u kunlar bo`lgaymi unut?
Erkka erishmoqlik alomat bo`ldi.
6-o`quvchi: Azizim,ulug`im,shonim o`zbegim,
Dovrug`ing yoyilgay qitalar osha,
Bag`rim butun bo`ldi-qaytdi o`zliging,
Qadringni qadrlar qalbi quyoshlar.
7-o`quvchi: Ko`z surtgay buyugim,hoki poyingga,
Shohsupa sahnidan bo`ylagay Bayroq
Dunyoga mashalsan turgan joyingda,
Fuqaro yo`q axir mendan ham boyroq.
8-o`quvchi: Men uchun Vatan bu moviy osmondir,
Gullagan chamandir go`zal bo`stondir.
Bayrog`ini o`pib maqtansam arzir
Nomi ham jarangdor o`zbekistondir.
9-o`quvchi:Bo`lolsam qaniydi munosib farzand,
Uning bo`ylaridek orzuim baland.
Koriga yarasam jon qizim deya,
Qilmoq niyatim bor onamday xursand.
10-o`quvchi: Dunyoga taratay aziz nomini
Oqlamoq kerakku tuz-u nonini.
Davom ettirgaydir barkamol avlod,
Buyuk ishlari-yu buyuk shonini.
1-boshlovchi: Marhamat qizlarimiz ijrosidagi go`zal raqsimizni tomosha qilib,miriqib dam oling.(raqs namoyish qilinadi)
2-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991-yil 18-noyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII-sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan milliy ma`daniy aloqalari ,an`analarini o`zida mujassamlashtiradi. Agar siz bayrog`imiz bilan sirlashmoqchi bo`lsangiz, undagi ranglarni tabiatdan izlang. Bularni o`quvchilar ishtirokida tomosha qilamiz…
1-o`quvchi: O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i to`g`risidagi qonuni 1-moddasida: O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlangan. Bayrog’imiz va unda aks etgan ramzlar qadimiy tarix bilan bog’liq bo’lgan milliy-madaniy an’analarni o’zida aks ettirgandir.
2-o’quvchi: Bayroqda aks etgan moviy rang – musaffo osmon va obi-hayot ramzidir. Timsollarda bu yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat, buyuklik va halollikni anglatadi. Sohibqiron Amir Temur bobomizning davlat bayrog’i ham moviy rangda bo’lgan.
3-o’quvchi: Bayrog’imizdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u nurafshon kun va koinot yoritgichlari bilan uyg’unlashib ketgan – poklik, beg’uborlik, orzular nurafshonligi va go’zallikka intilish timsolidir.
4-o’quvchi: Yashil rang esa – tabiatning yangilanish, yasharish ramzi hisoblanadi. Ushbu rang ko’pgina xalqlarda navqironlik, kelajak va hayotga umid, go’zallik va shodumonlik timsoli sanaladi.
5-o’quvchi: Bayroqdagi qizil chiziqlar tomirlarimizda jo’shib oqayotgan jonbaxsh irmoqlardir.
6-o’quvchi: Yarim oy tasviri bizning tarixiy an’ana-yu milliy qadriyatlarimiz bilan bog’liqdir. Shuningdek, qo’lga kiritgan mustaqilligimiz ramzi hisoblanadi.
7-o’quvchi: Bayrog’imizda 12 yulduzning aks etishi ham o’z ramziy ma’nosiga egadir. Bu birinchidan, quyosh yilnomamizga daxldorligini bildirsa, ikkinchidan, bizning ilm-ma’rifatda dunyoga yuz tutgan daholarga beshik bo’lgan buyuk davlatimizda «Nujum ilmi» taraqqiy etganligi, bunda Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug’ allomalarimizning butun dunyo tan olgan ulkan kashfiyotlari bilan ham izohlanadi. Shuningdek, bu muborak tuproqda o’zbek xalqi madaniyati qadim-qadimga borib taqalishidan ham darak beradi. O’n ikki yulduz baxt-saodat, kamolotga intilish ramziga ishoradir, desak xato qilmagan bo’lamiz.
8-o`quvchi: Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbog`i.
Shuning uchun chiroyli,
O`zbekiston Bayrog`i.
O`n ikki baxt yuldizi
O`ziga ho`p yarashar.
Unga dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt, deb atar,
Yer yuzining har yog`i.
Bizga juda mo`tabar
O`zbekiston Bayrog`i.
9-o`quvchi: O`zbekiston gerbida
Qanot yozgan humo qush.
Chanoqlarda oq paxta-
Olam elin etar xush.
Quyosh bobo nurida
Oltin boshoq tovlanar,
Tengsiz saxiy ona-yer
Bir maromda aylanar.
10 –o`quvchi:Ramzi porloq-hur bayroq
Birdamlikka chorlaydi.
Peshtoqida oy,yulduz
Kecha-kunduz porlaydi.
11-o`quvchi: Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.
Moviy,yashil,oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
12-o`quvchi: Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shu`lasini porlatib
Halpirayver ona yurtim bayrog`i
Sen erursan yuraklarining ardog`i.
1-boshlovchi: Endi qizlar raqsini va srort mashqini tamosha qilamiz…
1-boshlovchi: Mana O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i ,Gerbi haqida qimmatli ma`lumotlarga ega bo`ldingiz. Davlatimiz ramzlari g`ururimiz va faxrimizdir. Yurtboshimiz ham o`z nutqlarida Davlat ramzlariga hurmat hissida bo`lishimizni ta`kidlaydilar. Darhaqiqat,Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib,biz o`z xalqimizning millat sifatida o`rnini,O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini to`laligicha idrok qilolmaymiz.
2-boshlovchi: Shuning uchun ularga hurmat hissi har birimizning qalbimizda,yuragimizda bo`lishi lozim. Chunki ular mustaqil O`zbekistonning yorqin timsollari bo`lib,bugunimiz,ertamiz va buyuk kelajagimiz uchun xizmat qilajak. Mana azizlar shuning bilan bugungi kechamiz o `z nihoyasiga yetdi. Barchangizga sihat-salomatlik,yurtimizga tinchlik tilagan holda bugungi tadbirimizga yakun yasaymiz. Xayr,sog`-omon bo`ling!
Нilpira, bayrog`im, hilpira mag`rur,
Ozod, hur xalqimga bag`sh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida,
Hilpira bizlarga bag`sh etib g`urur.
3-ulıwma bilim beriw mektebiniń qaraqalpaq tili páni oqıtıwshısı
Rametova Mehribannıń 18-noyabrde όtkeriletuǵın
,,Ōzbekstan Respublikasınıń mámleketlik bayraǵı haqqında’’Nızam qabıl qılınǵan kúnine arnalǵan bayram keshesiniń
scenariyi
Baslawshı: Assalawma áleykum, húrmetli ustazlar hám mektebimiz oqıwshıları. Mine, búgin úlkemizde jáne bir bayram. Ōzbekstan Respublikasınıń mámleketlik bayraǵınıń qabıl etilgen kúnine 26 jıl toldı.
Ōzbekstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń 1991-jıl 18-noyabrde bolıp όtken VIII-sessiyası ,, Ōzbekstan Respublikasınıń mámleketlik bayraǵı haqqında’’ Nızam qabıl etti.
Bayraqtaǵaı hár bir reńniń όz mánisi bar.
Bayraqtaǵaı aspan reń όmirimiz mazmunı sáwlelengen máńgi aspan hám tirishiligimiz simbolı. Aspan reń shıǵısta ázelden qádirlengen. Ámir Temur da όz bayraǵına usı reńdi tańlaǵan.
Bayraqtaǵı aq reń tınıshlıq hám páklik belgisi.
Qızıl jollar- bul hár bir tiri bendeniń qan tamırı, onda tolqın urıp turǵan turmıslıq kúsh, tirishilik belgisi.
Jasıl reń – Ōzbekstannıń saqıy hám teberik topıraǵı, gόzzal tábiyatı simbolı, adamlardı όzin qorshaǵan gόzzal tábiyttı qorǵawǵa shaqıradı.
Yarım ay- όzbek xalqınıń kόp áásirlik dástúrlerine say keledi. Yarım ay hám juldızlar tınıq aspan hám tınıshlıqtıń belgisi.
Endi náwbet mektebimiz oqıwshılarına. Watan hám bayraǵımız haqqında yadlaǵan qosıqların aytıp beredi.
1-oqıwshı: Tánim ishinde janım, Dana- qarıya Turannıń,
Dawrıǵı orasan. Kámal tapqan qolında.
Túrkstan der Watanım, Shın mártliktiń uranı,
Dúnya bizden sorasań. Ullı jipek jolında.
2- oqıwshı: Isebeymen- basqa jánnet bar dese.
Isenbeymen- basqa anań bar dese.
Isenbeymen- basqa atań bar dese.
Isenbeymen- basqa Watan bar dese.
Isenbeymen- basqa ziynet bar dese.
Isenbeymen- basqa húrmet bar dese.
Sen jánnetseń, sen jánnetseń Watanım!
3- oqıwshı: Anadan tuwılıp, erjetip όstik,
Appaq sútin emip, aq duzın ishtik,
Ǵárezsizlik alıp, mol boldı nesip,
Heshkimge bermeymiz Ōzbekstandı!
Hár jamılǵan biyik tawlrdıń bası,
Ata- mákanımız topıraǵı hasıl,
Keń dala, oypatlıq gilemdey jasıl,
Heshkimge bermeymiz Ōzbekstandı!
4- oqıwshı: Ǵárezsizlik dáwir máńgige turǵay,
Tabılmas heshqashan jánnet jer bunday,
Saqlaymız όzińdi kόz- qarashıǵınday,
Heshkimge bermeymiz Ōzbekstandı.
5- oqıwshı: Jańılmasa ay όziniń jolınan,
Nurlı quyash jarqırasa hár tańda,
Meni aynıtıw kelmes heshkim qolınan,
Sadıq bolıp qalaman bul watanǵa.
Baslawshı: Ayaq oyın. 8b klass oqıwshısı Mirzayeva Zuhra Xorezm lazgisine oynap beredi.
Baslawshı: Usınıń menen ,,Ózbekstan Respublikasınıń mámleketlik bayraǵı haqqında’’ǵı tayarlanǵan bayram keshemizdi juwmaqlaymız. Kelesi bayramlarda kόriskenshe. Xosh, saw bolıńlar!


