30-yanvar

To’rtko’l tuman XTB ga qarashli 3-son umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekistonimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Xotirangiz qalblarda mangu, barhayot!” deb nomlangan  tadbir va badiiy kecha tashkil etildi.

Unda maktab direktori Y.Rozumbetov   O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning  ibratli hayot yo’li, qoldirgan nurli izlari, olib borgan odilona siyosatlari haqida mufassal ma’lumot berdi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovga bag’ishlangan she’rlar ijro etildi, shu mavzuda o’quvchilar tomonidan ishlangan estalik  al’bomi namoyish etildi.  Maktabning yuqori sinf o’quvchilari orasida “Islom Karimov – mustaqillik me’mori!” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlov g’oliblari maktab ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

O’quvchilar tomonidan Yurtboshimiz xotirasiga bag’ishlab yozilgan  she’rlar  o’quvchilar va ustozlar e’tiboriga havola etildi va maktab devoriy gazetasida bosib chiqarildi.

Maktabning barcha sinflarida 26-yanvar kuni tarbiyaviy soatlarda “Buyuk ma’naviyat egasi”, “Buyuk yurtboshimiz hayoti-ibrat”, “Islom Karimov- mustaqillik asoschisi”  mavzularida  ma’ruza darslari tashkil etildi.

Yurtboshimiz xotirasini abadiylashtirish  yo’lida o’tkazilayotgan bunday tadbirlar yurtimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni Vatanga sodiq,  Yurtboshimizga munosib vorislar bo’lishlarida, uning qilgan jahonshumul ishlarining davomchilari bo’lishlarida ulkan ahamiyatga egadir.