To`rtko`l tuman XTMFMT va TEB ga qarashli 3 – umumta`lim maktabida “Siz qonunni bilasizmi?” ko`rik tanlovining
B A Y O N N O M A S I
Qatnashdi: Maktab direktori Ya.Rozumbetov ,MMIBDO` M.Babaeva ,yoshlar ittifoqi raisi
G.Pirmuhammedova ,fan o`qituvchisi S.Matniyazova , o`qituvchilar va maktab o`quvchilari
Kun tartibi:
- “ Siz qonunni bilasizmi?” ko`rik tanlovini o`tirilishi va unda bitiruvchi sinflarning oz` huquqiy savodxonliklarini yana oshirish.
Tadbirni maktab direktori Ya.Rozumbetov ochib berdi. “Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar! O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag`ishlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz. Ma`lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh Qomusimizni o`rgatuvchi darslar o`tilyapti. Unda bolalar “Konstitutsiya” so`zi va uning ma`nolari haqida ko`plab ma`lumotlarni bilib olmoqdalar. Bizning zukko o`quvchilarimiz Bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo`lgan bilim va ma`lumotlarni, huquq va burchlarini o`z yoshlariga munosib ravishda o`zlashtirib borishmoqda va bugungi tadbirda ana shu olgan bilimlarini sinab ko`rishadi.”
Tadbirni boshlovchilar davom ettirib ikkala bitiruvchi sinf o`quvchilarini sahnaga chaqirishdi va shartlarni e`lon qilishdi.Bellashuv sharti quyidagicha:
- Tanishtiruv
- Savol-javob
- Huquqqa oid rasmga sharh
- “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida sahna ko`rinishi
Birinchi shartda ikkala guruh ham o`z guruh nomlarini ( Qonun va Adolat ) va guruh a`zolari haqida, Konstitutsiyaning qachon qabul qilinganligi,bo`limlari va moddalaridan she`riy tarzda tanishtirishdi.
Ikkinchi shartda ikkala guruhga ham 5 ta savol berildi.Guruh sardorlari savollarga jamoalari bilan kelishib javob berishdi.
Uchinchi shartda faqat guruh sardorlari chaqirilib ularga odil sud ilohasi Femidaning rasmi ko`rsatildi va qaysi guruh rasmga ko`proq sharth berilishi hakamlar tomonidan baholandi.
To`rtinchi shartda guruhlar “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusidagi sahna ko`rinishda giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida,u nafaqat bir insonni balki butun oilani barbod qilishi haqidagi “Biz sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiorni olib chiqishdi
Guruhlar beshinchi shartda erkin mavzuda o`zlari tayyorlab kelgan kuy qo`shiqqa raqs tushib tomoshabinlarni also zeriktirishmadi.
Tadbir so`ngida hakamlar barcha shartlar bo`yicha ballarni hisoblab aytishdi. 42 – 39 hisobda Adolat jamoasi g`olib deb topildi.Guruh a`zolari va tadbirni tashkillashtirgan o`qituvchilar Turkiston MFY maslahatchisi G.Babaniyazova tomonidanMaqtov yorlig`i bilan taqdirlandi.
Boshlang`ich sinf o’qituvchisi
Madraximova Xanifaning
8-dekabr O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25-yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan
,,Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori”
nomli
TADBIRI
Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori
1-boshlovchi: Assalom, ey, ilm-u urfon bog’ining bog’bonlari,
Assalom, ey, chin ma’rifat sohibi davronlari
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qalbi daryo ustozlar, aziz mehmonlar, hurmatli ota-onalar hamda o’quvchilar! Konstitutsiyamizning 25 yillik to’yiga bag’ishlab o’tkazilayotgan bugungi bayram tadbirimizga xush kelibsiz!
1-o’quvchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XI sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
2-o’quvchi: -Davlatimizning bosh qonuni umumbashariy g’oyalar bilan sug’orilgan.
1-boshlovchi: -Vatanimizning oltin sanalari to’g’risida nimalarni bilasiz, aytib beringlar-chi.
1-o’quvchi: -1990-yil 29-dekabrda Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2-o’quvchi: 1991-yil 1-sentabr-O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’ldi.
3-o’quvchi: -1991-yil 18-noyabr- O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i tasdiqlandi.
4-o’quvchi:-1992-yil 2-iyul- O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasdiqlandi.
5-o’quvchi:-1992-yil 10-dekabr- O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi tasdiqlandi.
6-o’quvchi:-1992-yil 8-dekabr- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
7-o’quvchi:-1992-yil 2-mart- O’zbekiston Respublikasi BMT ga a’zo bo’ldi.
8-o’quvchi:-1989-yil 21-oktabr- O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
2-boshlovchi: -Juda yaxshi.Endi Bosh qomusimizdagi moddalarga ham to’xtaylik.
1-o’quvchi:
1-modda.O`zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning «O`zbekiston Respublikasi» va «O`zbekiston» degan nomlari bir manoni anglatadi.
O’zbekiston-ozod, hur Vatan!
Quchoqlari to’la nur Vatan!
Istqlolinga abadiy bo’lsin,
Dunyolar turguncha tur, Vatan!
Tuprog’ingda jannat nafasi,
Sen-bobomning orzu-havasi
Iftixorim yuksak-Vatanim
O’zbekiston Respublikasi!
2-o’quvchi:
.3-modda.O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy-davlat va mamuriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.O`zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo`linmasdir.
Paxtaoboddan to Kiyiksoygacha,
Termizdan Ko’kayoz qadar yastangan.
Bir yon quyoshgacha, bir yon oygacha,
Daxlsiz, o’zigavbek, erkin Vatan!
Bugun akalarim turibdi bedor,
Cho’l- o’rmonlarda, tog’, dalalarda.
Bilaman, Vatanni asramoq darkor,
Hushyor turmoq kerak chegaralarda!
3-o’quvchi:
4-modda.O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan.
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan.
Tilga kerak ehtirom,
Kurash sofligi uchun!
Olgandir oliymaqom-
Davlat tilidir bugun!
4-o’quvchi:
5-modda.O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o`z davlat ramzlari — bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega.
Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu-baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.
Bugun dadam berar dars
Asramog’ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.
5-o’quvchi:
6-modda.O`zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.
Poytaxtimsan, Toshkentim,
Bosh shahrimsan, bosh kentim!
Ikki mingdan oshsa ham
Navqiron va yosh kentim!
Tarixlarda shosh kenti,
Saxiy, serquyosh kentim.
Tengi yo’q, timsoli yo’q,
Toshkentimsan, Toshkentim!
6-o’quvchi:
8-modda.O`zbekiston xalqini millatidan qati nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Yuzlab millat elatlar,
Shu diyorning ahlimiz.
Millatidan qat’i nazar,
O’zbekiston xalqimiz.
Bag’ri kengdir bu yurtning,
Ahilikda baxtimiz.
Qo’llarni mahkam tuting,
O’zbekiston xalqimiz!
7-o’quvchi:
17-modda.O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subektidir.Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarningdaxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum etirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taminlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
Samolardan keng
Suyuk Vatanim!
Tenglar ichra teng,
Buyuk vatanim!
Tinchliksevar yurt,
Mehmondo’st diyor.
Hamkorlik uchun
Hamish tayyor.
8-o’quvchi:
18-modda.O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar.Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi shart.
Yo’q, gap boylikda emas,
Qo’rg’oni tor yo kengdir.
Bo’yi baland yoki past,
Qonun oldida tengdir.
Shu tenglikni ushlasak,
Teng yayraymiz, kulamiz.
Ravnaq topamiz beshak,
Teng baxtiyor bo’lamiz!
9-o’quvchi:
21-modda.O`zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o`rnatiladi.O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo`lganlikdan qati nazar, hamma uchun tengdir.Qoraqalpog`iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.Fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.
Nukusdanmi, Termizdan,
Qo’qon yo buxorolik.
Butun hududimizda
Yagona fuqarolik.
Fuqarolik hammaga
Teng bo’ladi, o’rtoqjon.
Qonunni bilsang, olam
Keng bo’ladi, ortoqjon.
10-o’quvchi:
22-modda.O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ham, uning tashqarisida ham o`z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko`rsatishni kafolatlaydi.
O’zimizda yoki xorijda:
Tokio, Ottava, Parijda,
O’zbekiston o’z fuqarosin
Asragandek ko’zin qorasin
Huquqlarin qilar himoya,
G’amxo’rlikka yo’qdir nihoya!
11-o’quvchi:
29-modda.Har kim fikrlash, so`z va etiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur, erkin ijod,
Jo’sh urar qonimizda.
,,Avval o’yla” , deganlar,
Fikralymiz, o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’ylaymiz.
12-o’quvchi:
31-modda.Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dingaetiqod qilish yoki hech qaysi dinga etiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.
Komilikka intilganga
kamolot bor.
Adolatga talpinganga
adolat bor.
O’zbekiston diyorida
hamma uchun
Vijdon erkinligi ham
kafolat bor.
13-o’quvchi:
36-modda.Har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli. Bankka qo`yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
Men ham albatta
Bo’laman mulkdor.
Mulkdor bo’lishga
Hamma imkon bor.
Halol mehnatdan
Kelganda boylik,
Shubhasiz bo’lar
Turmush bo’lar chiroylik.
14-o’quvchi:
40-modda.Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Betob bo’lib, botib g’amga,
Yotib olsak nogahon.
Shifokorlar tez yordamga
Yetib kelar shu zamon.
Malakali tibbiy xizmat
Ko’rstadi shifokor.
Elga xizmat-oliy himmat,
Degan ko’hna naql bor.
15-o’quvchi:
41-modda.Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy talim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
Ona maktab quchog’ida
Bepul ta’lim olamiz.
Yurtboshimiz ardog’ida
Komil inson bo’lamiz.
Intilamiz maqsad sari,
Hali dovruq solamiz.
Istiqlolning farzandalri_
Bizlar baxtli bo’lamiz!
16-o’quvchi:
47-modda.Barcha fuqarolar Konstitusiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajaradilar.
Huquqimiz bilamiz,
Burchimiz ham yodda bor
Bosh Qomusda burchingni
Bajar, degan modda bor.
Ota-onaga hurmat,
Qonunlarga itoat,
Ona yurtga sadoqat,
Hammamizga burch, odat.
17-o’quvchi:
49-modda.Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
Obidalar, qo’lyozmalar,
Ham osori atiqa,
Bobolardan xabar berar,
Har nafas, har daqiqa.
Yodogorlikni asrar bo’lsang
Asraganday ko’zingni,
Shunda saqlab qolajaksan
Kelajakni o’zingni.
18-o’quvchi:
50-modda.Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar
Bugun ekkang qalmchang
Ka-a-atta terak bo’ladi.
Faqat uni avaylab
Asrash kerak bo’ladi.
Tog’ go’zal, o’tloq go’zal,
Sevamiz gul atrini.
Esda tutaylik, do’stlar,
Tabiatning qadrini!
19-o’quvchi:
52-modda.O`zbekiston Respublikasini himoya qilish — O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar.
Tabarruk ona tuproq
Bag’ishlaydi kuch bizga.
Shu vatanni asramoq
Eng muqaddas burch bizga.
Ulg’ayib, eng oldingi
Saflardan joy olamiz.
Mardona qasamyodga
Mangu sodiq qolamiz.
20-o’quvchi:
55-modda.Er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer, yer osti boyliklar,
Suv, o’simlik dunyosi-
Umummilliy xazina,
Topilmaydi qiyosi.
Qanoat, insof darkor,
Tagi mo’l bo’lgan bilar.
Kelajakning haqqi bor,
Oqilona foydalan!
21-o’quvchi:
63-modda.Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega.Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
Otam, onam, men, ukam-
Oilamiz jamuljam.
Ko’p uylardan iborat
Mening obod mahallam.
Oilada qadriyat:
Ezgu ish, yaxshi niyat.
Bizdek oilalardan
Tashkil topgan jamiyat.
22-o’quvchi:
64-modda.Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni taminlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni rag`batlantiradi.
Ko’zlarida mehr bor, so’zlarida sehr bor,
Beshik ustida bedor mehribon onayizor.
Oq uyib, oq taragan,
Yo’limizga qaragan.
Ko’nglimizga qaragan mehribon onayizor.
Ota-oila suyanchi,
Tog’dek ulug’ tayanchi,
Biz tufayli quvonchi,
Baxtimizdan baxtiyor.
Sog’-salomat yursinlar,
Kamolimiz ko’rsinlar,
Ertaga ham bo’lsinlar
Baxtimiz baxtiyor!
23-o’quvchi:
66-modda.Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar.
Jonajon onajon!
Mehribon otajon!
Siz hayot berdingiz
Bol, novvot berdingiz.
Quyoshim, oyimsiz,
Bor bo’ling doim siz!
Ulg’ayib albatta,
Bir umr xizmatda
Bo’laman begumon,
Otajon, onajon!
24-o’quvchi:
68-modda.O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar,
shaharchalar,
Qishloqlaru ovular va Qoraqalpog’iston,
Bari-bari jam bo’lib, O’zbekiston atalar,
Shunday gul-chechaklardan yaralgan
Go’zal bo’ston!
25-o’quvchi:
76-modda.O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.
Oliy majli ikkita
Palatadan iborat:
Quyisi-Qonunchilik,
Yuqorisidir senat.
Deputat senatorlar
Qonun qabul qiladi.
Qomusimiz kuchini
Ular yaxshi biladi.
26-o’quvchi:
89-modda.O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taminlaydi.
O’zbekiston Prezidenti-
Davlatimiz rahbari.
Hokimiyat bilan xalqni
Boshlar kelajak sari.
Hamkorlikni ta’minlab,
Yuritadi idora.
Yurtboshini quvvatlab
El kuch olar tobora.
27-o’quvchi:
126-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega.
Tinchlik eng katta boylik,
Xavfsizlikni o’ylaymiz.
G’animlar xurujiga
Hech qachon yo’l qo’ymaymiz.
Ona Vatan muqaddas,
Qoshida bosh egamiz.
Armiyamiz qudratli,
Kim xavf solsa, yengamiz!
3-ulıwma bilim beriw mektebiniń qaraqalpaq tili páni oqıtıwshısı Masharipova Shúkirjannıń ,,Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyasınıń qabıl etilgenine 25 jıl tolıwı’’ múnasebeti menen όtkerilǵen bayram keshesiniń
scenariyi
Tόrtkúl rayonı 3-ulıwma bilim beriw mektebinde Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyasınıń 25 jıllıǵına arnalǵan bayram keshesiniń scenariyi.
Baslawshı: Assalawma áleykum, húrmetli ustazlar, áziz oqıwshılar!
Búgin Ōzbekstan Respublikasınıń konstituciyasınıń qabıl etilgenine 25 jıl toldı. Sizlerdi bul úlken bayram menen shın júrekten qutlıqlaayman. Sizlerge jumıslarıńızda úlken tabıslar, shańarǵıńızǵa tınıshlıq, amanlıq tileymiz.
Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyası Ōzbekstan Respublikasınıń hám onda jasawshı xalıqlardıń máplerin, tınısh- tatıw jasawların qorǵaydı.
Búgingi Ōzbekstan konstituciyasınıń 25 jıllıǵına arnalǵan bayram keshemizge xosh keldińiz! Márhámat tamasha etiń.
1-oqıwshı: Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyası on ekinshi shaqırıq, Ōzbekstan Respublikasınıń Joqarǵı Keńesiniń on birinshi sessiyasında 1992-jıl 8- dekabrde qabıl etilgen.
2-oqıwshı: Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyası VI bόlim, 26 bap, 128 statyadan ibarat.
Konstituciyanıń I-bόlim, 1-statyasında ,,Ōzbekstan-suveren demokratiyalıq Respublika. Mámlekettiń ,,Ōzbekstan Respublikası’’ hám ,,Ōzbekstan’’ degen atamaları teń mánili dep aytılǵan.
3-oqıwshı: Ōzbekstan respublikasınıń 4-statyası: Ōzbekstan Respublikasınıń mámleketlik tili- όzbek tili bolıp esaplanadı. Ōzbekstan Respublikası όz aymaǵında jasawshı milletlerdiń hám xalıqlardıń tillerine, úrp-ádetlerine hám dástúrlerine húrmet penen qaraydı, olardıń rawajlanıwı ushın jaǵdaylar jaratıp beredi.
4-oqıwshı: Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyası 5-statyası: Ōzbekstan Respublikası όziniń nızam arqalı tastıyıqlanatuǵın mámleketlik nıshanlarına: bayraǵına, gerbine, gimnine iye.
5-oqıwshı: Ōzbekstan Respublikası Konstituciyası 41-statyası: Hárbir adam bilim alıw huqıqına iye. Biypul ulıwma bilim alıwǵa mámleket tárepinen kepillik beriledi. Mektep usı mámlekettiń baqlawında boladı.
1-oqıwshı: Xalqım erk dep kelgen talay ásirden
Júrip tar soqpaq hám tayǵaq keshiwden,
Sol erkti muqaddes bilip kόshirgen,
Altın sıya menen hárbir babına,
Ázeliy ármanım- Konstituciya.
Tilek táslim bolar gúl baǵlarına,
Júrek táslim bolar gόzzallarına,
Qulaq qurshı qanar ǵázellerine,
Jaynaǵan báhárseń, Ōzbekstansań!
2-oqıwshı: Úyim aman, tınısh awıl, aymaǵım,
Jelbirep tur ǵárezsizlik bayraǵım,
Gúlshanda ashılǵan gúldey jaynadım,
Tınısh-tatıw dáwran bergen xalqıma,
Ádillik aynası- Konstituciya!
Sonıńday gόzzalsań misli shamshıraq,
Keń paytaxt jerinde dáryalar bulaq,
Tawlar ıǵbalına tań qalar qarap,
Bir aǵla diyarsań, Ōzbekstansań!
3-oqıwshı: Maman, Aydos, Allayar όtken jer,
Ernazar erk dep sheyit ketken jer,
Qumar ana jawdıń bawırın sόtken jer,
Búgin erkin el boldı όz aldına,
Sol erkinligimseń, Konstituciya!
Tilińde baxıttıń jańlaǵan sazı,
Kewlinde doslıqtıń báhári, jazı,
Shiyrin múriwbettiń, janlardıń házi,
Jazıq dástúrxansań- Ōzbekstansań!
4-oqıwshı: Xalqım qutlı bolsın ullı bayramıń,
Iske asqan xalıqlıq arzıw- ármanıń,
Jelbiregen ǵárezsizlik bayraǵıń,
ĺǵbalıńa qorǵan bolsın bárqulla,
Súyener tańımsań, Konstituciya.
Jáhánniń kόrkidur ,,aq altın’’ kániń,
Watannıń kόrkidur tasqın ıǵbalıń,
Bárhá múbárekdur shalqıǵan shaǵıń,
Júrekke ilhamsań- Ōzbekstansań!
5-oqıwshı: Elimde ornatıp biyǵárez zaman,
Aydın sarras joldan júrip baraman,
Bawırımız pútin basımız aman,
Jasap atırmız biz tınısh bárqulla,
Tınıshlıq saqshısı- Konstituciya.
Dúnya táslim qalar tabıslarına,
Paslı báhár altın jaǵıslarına,
ĺrzaman miyirman aǵalarına,
Máńgilik dáwransań-Ōzbekstansań!
Baslawshı: Endigi náwbetti watan haqqında naqıl-maqallarǵa beremiz.
1-oqıwshı: Watan kúnnen sulıw, altınnan qımbat.
Watansız adam, baxıtsız bulbul.
2-oqıwshı: Awılı pútindi aman de , Eli pútindi esen de.
Hárkim tuwǵan elinde, Baqa kόlinde.
3-oqıwshı: Kisi elinde patsha bolǵansha, Ōz elińde shopan bol.
Elge el qosılsa dáwlet, Elden el ketse miynet.
4-oqıwshı: Ōzińdi er bilseń, Basqanı sher bil.
Bolmas iske polat bol, Polattan da qattı bol.
5-oqıwshı: Ōmirge miyrasdur danalar sόzi,
Sόz benen ashılar aqıldıń kόzi.
Danıshpan boladı bilip sόylegen,
Sol ushın da onıń sόzi όlmegen.
Baslawshı: Húrmetli ustazlar hám mektebimiz oqıwshıları, usınıń menen Ōzbekstan Respublikasınıń Konstituciyasınıń 25 jıllıǵına arnalǵan bayram
keshemiz juwmaqlanadı. Endigi bayramlarda kόriskenshe saw-salamat bolıńlar.
3-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 6- “ ” sinfida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Siz qonunni bilasizmi?”deb nomlangan bayram
Ssenariysi
1 – boshlovchi:
– Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim – Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
2 – boshlovchi:
-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling.
(Sahnaga bir guruh bolalar chiqishadi va bir qatorga tizilishadi. Qo’llaridagi harflar yordamida “Baxt”, “Qomusimiz” so’zlarini hosil qiladilar. Ular she’r o’qiydilar. Harflar tilga kiradi.)
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
1 – boshlovchi: – Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
(Ijrochilarning nomlari e’lon qilingan holda navbat Vatan haqidagi qo’shiq va milliy raqsga beriladi.)
1 – boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
2 – boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.
-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?
(O’quvchilar faxr bilan Qomusimiz haqida bilganlarini bayon etishadi)
1 – o’quvchi: – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim va 26 bobdan iboratdir.
2 – o’quvchi: – 2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan.
3 – o’quvchi: – Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Qomusimizning 2 – bo’lim, V , VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.
4 – o’quvchi: – Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim ilm olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb yozib qo’yilgan
5 – o’quvchi: 65 – moddada: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deya belgilab qo’yilgan.
- boshlovchi: Bolalar, men juda xursand bo’ldim. Sababi, aziz Qomusimiz haqida yetarli ma’lumotga egasiz. Bundan keyin ham o’qish, o’rganish sizning bosh maqsadingiz bo’lsin!
- boshlovchi: – yana sahnaga bayram qatnashchilaridan bir guruhini taklif etamiz.
1 – o’quvchi:
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
2- o’quvchi: Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
3 – o’quvchi: G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
4 – o’quvchi: – Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Hamma birgalikda: – Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
(Bolalar ta’zim qilib chiqib ketadilar. Sho’x musiqa sadolari ostida o’quvchilar raqsga tushadilar)
2 – boshlovchi: – Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
1 – boshlovchi: – Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg’ubor.
Ular dili orzuga to’la,
Gard qo’nmasin, qo’nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay
Poyoni yo’q koinot tomon.
Yuragiga o’kinch tushmasin,
Kelajagi bo’lsin hur zamon.
(Vatan haqida qo’shiq ijro etiladi)
2 – boshlovchi: – Azizlar! Konstitutsiya kitobi bilan uning hamrohini ham bayramimizga taklif etganmiz. Mehmonlarni kutib oling.
(Sahnaga Konstitutsiya kitobi va uning hamrohi tashrif buyurishadi)
Konstitutsiya kitobi:
– Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
1 – o’quvchi: –
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya kitobi:
-O’qib olsang kundan – kun,
Fikring bo’ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
2 – o’quvchi:
– Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo’limdan hech qo’ymayman,
O’qiyverib to’ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko’nglimdagi ahdimsan
( Musiqa davom etadi. Milliy sho’x raqslardan biri ijro etiladi)
1 – boshlovchi: – Aziz o’quvchilar, muhtaram ustozlar, hurmatli ota – onalar, qadrli mehmonlar! Shu bilan O’zbekiston Respublikasi Qomusining ______ yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Sizlarni yana bir bor qutlug’ ayyom bilan muborakbod etamiz.
2 – boshlovchi: – Shu go’zal Vatanda yashar ekan, barcha fuqaro o’z huquqini bilsin, o’zligini tanisin! Vataniga munosib farzand bo’lsin, o’z yurtini ardoqlasin. Shunda baxt – iqbilomiz but bo’lgay, azizlar
Ssenario of the Constitution Day
By Khadjiyeva Muyassar
Pupil 1: Good morning dear teachers, dear guests and dear pupils!
Welcome to our Constitution Day! Today we are celebrating one of the most important holidays in Uzbekistan, Constitution Day.
Pupil 2: Constitution Day in Uzbekistan is celebrated on December 8. This public holiday commemorates the adoption of the Constitution of Uzbekistan in 1992.
Uzbekistan declared its independence from the Soviet Union in 1991, and the development of the new constitution began. The Supreme Council of Uzbekistan adopted the constitution on December 8, 1992. The country’s new supreme law created a separation of powers and declared Uzbekistan a democratic, secular, unitary, constitutional, presidential republic.
Pupil 3: On December 8, 2017 Uzbekistan will celebrate the 25th Anniversary of the adoption of its Constitution.
Constitution of 1992 consists of 6 sections that include 26 chapters, and 128 articles. Its distinctive feature is that, that it has ensured the accountability of state bodies and authorities before public, that is, the priority of interests of each citizen has been legally maintained and further guaranteed.
The citizenship of the Republic of Uzbekistan, no matter how it is obtained, is fully equivalent for all. It allows for each person to fully participate in economic, political, legal, and cultural spheres of life in the country. Moreover, it obliges with some duties. Naturally, the state is obliged to protect the interests and freedoms of Uzbek citizens on its territory and abroad. The citizens of Uzbekistan regardless of their origin, race, nationality, and other, are equal. Constitution guarantees respect towards language, customs and traditions of all nationalities and peoples who are the citizens of Uzbekistan.
Pupil 4:
We hear so often about our rights.
But what rights we have is a priviledge, governed by laws.
We the people makes the rules.
We the people controls the rules.
And sometimes goes to the extreme to keep them too.
Pupil 1: today we must know our rights very well. That’s why we will introduce you with some important rights such as…
Pupil 4: Article 1.
Uzbekistan is a sovereign democratic republic. Both names of the state – the Republic of Uzbekistan and Uzbekistan – shall be equivalent.
Article 2.
The state shall express the will of the people and serve their interests. State bodies and officials shall be accountable to the society and the citizens.
Pupil 1 :Article 3.
The Republic of Uzbekistan shall determine its national-state and administrative-territorial structure, its structure of state authority and administration, and shall pursue independent home and foreign policies. The state frontier and the territory of Uzbekistan shall be inviolable and indivisible.
Article 4.
The state language of the Republic of Uzbekistan shall be Uzbek. The Republic of Uzbekistan shall ensure a respectful attitude toward the languages, customs and traditions of all nationalities and ethnic groups living on its territory, and create the conditions necessary for their development.
Article 5.
The Republic of Uzbekistan shall have its state symbols – the flag, the emblem, and the anthem-sanctioned by the law.
Article 6.
The capital of the Republic of Uzbekistan shall be the city of Tashkent.
Article 31.
Freedom of conscience is guaranteed to all. Everyone shall have the right to profess or not to profess any religion. Any compulsory imposition of religion shall be impermissible.
Article 41.
Everyone shall have the right to education. The state shall guarantee free secondary education. Schooling shall be under state supervision.




