TIL –MILLAT KO’ZGUSI
(Majlislar zali bayramona bezatilgan. O’quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalar yig’ilgan. Ona tili haqida donolarning so`zlari yozilgan plakatlar, turli ko`rgazmalar ilingan. Jumladan)
Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz.
Til- millat ko’zgusi.
Til – dil kaliti.
Til insonni ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin.
Kishi so`z tufayli bo`ladi malik,
Ortiq so`z qiladi bu boshni egik.
Boshga balo nedan kelur ?
Ikki enlik tildan kelur,
(O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ishtirokchilar qo’llari ko’ksida jo’r bo’lishadi. Ikki boshlovchi davra markazidan joy olishadi).
Assalom, mehmonlar, mehri ziyolar,
Yuzlari quyosh-u, qalbi daryolar.
Sizga ham tengdoshlar dildan ehtirom,
Qo’llar ko’ksimizda deymiz, assalom.
2-boshlovchi: Go’zal To’rtko’limning gulzor, chamanidan,
Maktabimizning bilimdon, ilg’or sinfidan.
Yo’llaymiz sizlarga azaliy kalom,
Azizlar, sizlarga, salom, assalom.
1-boshlovchi: Assalomu aleykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, qadrli o`quvchilar! Bugungi kechamizni “Til – millat ko’zgusi” deb nomladik, O`zbek xalqining milliy tili hisoblangan ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan bayram dasturimizga xush kelibsizlar! .
2-boshlovchi: Til –millatning ulkan boyligi, beboho mulkidir. O`zbek tili o`zbek xalqining ma`naviy mulkidir. Hammamizga malumki, 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Hozir davramizga bugungi bayram tadbirimizni ochib berish uchun maktabimiz direktori Yovqoch aka Rozumbetovni taklif etamiz. Marhamat.
. . . . .
1-boshlovchi: Rahmat. Endi davramizga bilimdon o’quvchilarni taklif etamiz. Ular til haqida o’zlari bilgan barcha ma’lumotlarni sizning e’tiboringizga havola etishadi. Marhamat .
(O’quvchilar davraga saf tortib turishadi).
1-o`quvchi:
Har millatning o`zligi uning tili va adabiyotida namoyon bo`ladi. O’zbek tili- o’zbek xalqining milliy tilidir.
O’zbek tilim –ona tilim, Mir Alisher ardoqlab,
Sen-la o’rgandim ta’lim. “Xamsa” dostonin yozib.
O’zligimni angladim, Dur, gavhar tera oldi,
Oydin, yorug’dir yo’lim. Go’zal tilde munosib.
O’rganmoqdir tilagim,
Mo’l boyliging hammasin.
Shunda mening yuragim,
Bayon etar hayrating.
2-o`quvchi: O’zbek tili- Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga mansubdir.
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitayi olamiyondir.
G’ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar kaliti andin ayondur…
3-o`quvchi: Til-aloqa vositasi ekan, so`z insonning kamolini,ilm va fazilatini o`lchab ko`rsatadigan tarozidir.Jahonda 7000dan ortiq til bo`lib, biz uchun eng suyuklisi o`zbek tilidir.
Ming yillarkim, bulbul kalomi, Ona tilim, sen borsan shaksiz,
O’zgarmaydi, yaxlit hamisha. Bulbul kuyin she’rga solaman.
Ammo sho’rlik to’tining holi, Sen yo’qolgan kuning shubhasiz,
O’zgalarga taqlid hamisha. Men ham to’ti bo’lib qolaman.
4-o`quvchi: Darhaqiqat, so`z mulkining sultoni, o`zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi, buyuk mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy ona tilimizning asoschilaridandir. U o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida fors-tojik va turkiy tillarni solishtirib, turkiy tilning naqadar boy til ekanligini ilmiy asoslab bergan.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, Sen bo’lmasang, nima bizga silliq she’rlar,
O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar. Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar.
Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar, Bahongni-ku berib katgan Alisherlar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Yuragimning to’ridagi so’lim gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim! Ona tilim, kechir meni, ona tilim!
Bir qarasam, har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho’lponlar-u Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas, ona tilim!
5-o`quvchi: Eng quvonarlisi, ona tilini o`qishga barcha o`quv yurtlarida alohida e`tibor qaratilmoqda.yangi dastur va darsliklar, dars o`tishning yangicha metodlari ishlab chiqilmoqda.
Notiq dedi: “Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo’qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.
“Ey, voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan?”
Navoiy bilan Pushkin,
Turib keldi qabrdan.
Kim darg’azab, kim hayron,
Chiqib keldilar qator.
Dante, Shillar va bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
“Za’zingni qo’y, birodar,
Sen aytganing bo’lmaydi.
Barcha dedi barobar:
Ona tilim o’lmaydi!”
2-boshlovchi: Qo’shiqlar, soz qo’shiqlar,
Balandparvoz qo’shiqlar.
Olamga ardoq bo’lar
Jarangovoz qo’shiqlar.
Navbatni maktabimiz havaskorlari ijrosidagi bir dilbar kuy-qo’shiqqa bersak. Marhamat.
1-boshlovchi: Barchamizga ma’lumki, 1-prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov aytganlaridek, “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir.”
Hozirgi kun talabi- til o’rganish. Shunday ekan, maktabimizda ham o’zbek tili bilan bir qatorda qoraqalpoq, rus, ingliz tillarini o’rganish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kelinglar, azizlar, ming marta eshitgandan bir marta tomosha qilgan yaxshi. Navbat “O’zbek tili”ga. Marhamat….
O’zbek tili: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. Shu davrdan boshlab, har yili bu kunni “Til bayrami” sifatida nishonlaymiz. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tili- Davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. Davr taqozosi bilan “Davlat tili haqida”gi Qonunga ham ayrim o’zgartirishlar kiritildi va 1995-yilning 21-dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda “Davlat tili haqida”gi qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat.
2-boshlovchi: Hozir navbatni o’zbek xalqining milliy kuyi bo’lgan “Norim-norim” qo’shig’i va raqsiga beramiz.Raqsida: 8-“B” sinf o’quvchisi Mirzayeva Zuhra. Marhamat…
Ruscha: Узбекский язык- Государственный язык Республики Узбекистан. 21-октяьря 1989-года узбекскому языку дом статус Государственного языка. Основателем литературного узбекского языка является Алишер Наваию Он в своём произведении “Мухокамат ул- лугатайн”, сравиив туретский и фарсо- таджикский языки, обосновал насколько богатый туретский язык.
Во всём мире сушествует около 7000 языков. Узбекскый язык из семейства Алтайских языков входит в состав турко язычных.
1-boshlovchi: Hozir navbatni ruscha qo’shiq va raqsga beramiz. 6-“V” sinf o’quvchilari ijrosida. Marhamat…
Inglizcha: The official language of Uzb is Uzbek. The proclamation of state language of the Republic of Uzbekistan on October 21, 1989. is a landmark in the history of the republic. As a result of independence our state pays great attention for improving Uzbek language.
A.Navaiy is the one of the great founder of our uzbek language. A.Navaiy could manage to show the richness of our language in the famous work “Muhokamat ul-lug’atayn” uzbek language is meaningul and beautiful language.
Language and literature can show of the lifeness of every nation.
2-boshlovchi: Hozir navbatni inglizcha qo’shiq va raqsga beramiz.Raqsida: 7-“A” sinf o’quvchilari ijrosida.. Marhamat…
Qoraqalpoq tili: Ozbekiston Respublikasinin’ ma’mleketlik tili- O’zbek adebiy tilinin’ tiykarin saliwshi – Alisher Navayi. Ol “Muhakamat ul-lug’atayn” shig’armasi arqali turkiy ham parsi-tajik tillerin salistirip, turkiy tildin’ bay til ekenligin ilimiy jaqtan da’liyillep bergen.
Putkil dunya xalqi 7000ge jaqin tilde so’ylesedi. O’zbek tiline 1989-jili 21-oktyabrde mamleketlik til biyligi berildi. Til haqqindag’i nizam 24 statyadan ibarat. Har bir millattin’ dunyada bar ekenligin ko’rsetetug’in o’mir aynasi onin’ tili ham adebiyati. Milliy tildi jo’g’altuw- millettin’ bar ekanligin jo’g’altuw menen ten’.
1-boshlovchi: Hurmatli mehmonlar. Hozir e’tiboringizga 3-“A” qizlari ijrosidagi “Qaraqalpaqtin’ nesi bar?” qo’shigini havola etamiz. Marhamat, tomosha qiling.
2-boshlovchi: Dunyolarni lol aylagan ona tilim,
Azizdirsan, onajonim yopgan nonday.
O’zing xushbo’y, o’zing xushro’y, o’zing so’lim,
Asragayman seni abad shirin nonday…
Azizlar, bugungi kunda tobora avj olib borayotgan Vatanga xiyonat, tilini sotish kabi muammolar hech birimizni befarq qoldirmaydi. Shu mavzudagi “Tilga e’tibor-elga e’tibor” nomli sahna ko’rinishimizni e’tiboringizga havola etamiz. Marhamat…
Tilga e’tibor-elga e’tibor
Qatnashuvchilar:
Qumri xola
Ikromjon (Qumri xolaning o’g’li);
G’ayrat (Ikromjonning qo’shnisi);
Usmon aka (Tadbirkor).
(Qumri xola so’rida kiyim tikib o’tiradi. O’g’li Ikromjon hovlida taqillatib ishlab yuribdi. Shu payt eshik taqillab, qo’shni yigit Ikromjon va notanish erkak kirib kelishadi. Taq-taq-taq…)
Qumri xola: Kim, u? Hozir.
G’ayrat: Assalomu alaykum, Qumri xola. Yaxshimisiz, sog’liqlaringiz yaxshimi? Ikromjon qayerda?
Qumri xola: Yaxshimisan, o’g’lim? Uy-ichilaring yaxshimi? Do’sting mana, tomni tuzatyapti. Hozir chaqiraman. (Hovliga qarab qichqiradi): Ikromjon, hoy, Ikromjon, pastga tushaqol. Mehmon keldi.
(Hovlidan tovush keladi):
Ikromjon: Hozir, oyijon. (Onasiga) Ha, oyijon, mehmon kelibdilar-ku.
(G’ayratga) O’, do’stim, bormisan? Na muncha yo’q bo’lib ketding.
G’ayrat: E… Yuribmiz. O’zing qalaysan? (Usmon akaga imo qilib) Mana senga mehmon olib keldim. Bu mehmon naq baxt qushining o’zi. Tanishinglar, Usmon aka. Katta tadbirkor.
Ikromjon: Assalom-u alaykum, Usmon aka!
Usmon aka: Valeykum assalom. Hormang, uka. Bu deyman, yolg’iz o’zingiz hashar qilyapsizmi?
Ikromjon: E, nimasini aytasiz. Tomdan chakki o’tgani-o’tgan. Hademay qish keladi. Shuning uchun o’zim xitirlab yuribmanda. (Bu paytda Qumri xola mehmonlar uchun dasturxon solib, non, mayda-chuyda qo’yadi)
Qumri xola: Qani, mehmonlar, keeling. Mehmon Atoyi xudo deydilar. To’rga chiqing. Hozir choy keltiraman.
G’ayrat: Ey, xolajon. Hali ko’p kelamiz. Seni oldingga yaxshi bir taklif bilan bu akaxonimizni olib kelganmiz. Sening qo’lingda guldek hunaring bor. Qolaversa, Bu yerda biring ikki bo’lmaydi. Bu akamizga sendek ishchan, baquvvat yigitlar kerak. Chet elda ishlab, “Ikromjon boyvachcha” bo’lib qaytasan, do’stim.
Usmon aka: Ikromjon, uka. Men siz haqingizda hammasini eshitdim. Yolg’iz onangiz bilan yasharkansiz. Buning ustiga hali uylanmagan ekansiz. Biz bilan ishlashga rozi bo’lsangiz, bir yil ichida to’y ham qilasiz, tomingizni ham tunuka qilasiz. Nima deysiz, uka?
Ikromjon: Menku ishdan qochadigan odam emasman. Ammo onam keksa. Men ketsam uning holidan kim xabar oladi. Shuni o’ylab turibman-da…
G’ayrat: Bu yog’ini menga qo’yib ber, do’stim. Har kuni ikki mahal chiqib, xabar olib turamiz. Sen bemalol ketaver. Bu yoqda mahalla bor, men bor…
Usmon aka: Ukaginam, nimasini o’ylab qolding? Mana, G’ayrat, xotini onangni xo’rlab qo’ymaydi. Bir yil degani nima/ O’tadi-ketadi. Qani pasportingizni tayyorlang. (Bir pachka pul berib) Mana bu yo’l haqi, mayda-chuyda harajatlar uchun. Ertaga G’ayrat bilan mening oldimga borasizlar. Tushda jo’naymiz. (Shu payt Qumri xola kirib keladi).
Qumri xola: Mana, mehmonlar choy olib keldim. Nega turdingiz, mehmon. Bir payola choy…
G’ayrat: Qumri xola, biz shoshib turibmiz. Hali ertaga yana kelamiz. O’g’lingiz sizga hammasini tushuntirib beradi. Qani bir fotixa qiling.
Qumri xola: Qani, omin. Qadam yetdi, balo yetmasin. Tinchlik bo’lsin. Shugina o’g’limning ham baxti ochilsin. Omin, Ollohu akbar.
Ikromjon: Mayli, mehmonlar, kelib turinglar. (Mehmonlar chiqib ketishadi).
Qumri xola: O’g’lim, mehmonlar nega shoshib ketishdi? Tinchlikmi?
Ikromjon: Ha, oyijon, tinchlik, tinchlik. Haligi kishi-Usmon aka. Yigitlarni chet elga olib borib ish bilan ta’minlar ekan. Maoshi ham yomon emas. Meni ham ishga taklif qilib kelibdi. Bir yil ishlab kelsammi, deb turibman. Nima deysiz, oyijon?
Qumri xola: Men qarib qoldim, o’g’lim. Sen ketsang, mening vaqt-soatim yetib qolsa, kim tobutkashim bo’ladi? Yolg’izgina suyanchig’im sen bo’lsang…
Ikromjon: Oyijon, nimalar deyapsiz? Siz hali ko’p yashaysiz. To’ylar qilamiz, nabiralaringizni hali o’zingiz katta qilasiz. Bor-yo’g’I bir yilgina. Ko’z ochib-yumguncha o’tadi-ketadi. Oq fotiha bering. Yo’l hozirligini ko’ray.
Qumri xola: Xayr, o’g’lim. Oy borib, omon qayt. O’zga yurtda o’z tilingni, o’zligingni unutma. Seni ko’zim to’rt bo’lib kutaman, bolam, omon-eson borib qayt. (onasi va Ikromjon fotiha o’qib, chiqib ketishadi).
Muallif: Ikromjon do’sti G’ayrat va Usmon aka bilan chet elga ishlashga ketdi. Dastlabki oylarda onda-sonda onasi bilan gaplashib turdi. Chet elda uylanib, farzandli bo’lgach, turk fuqaroligini oldi. Bora-bora onasidan ham xabar olmay qo’ydi. Qo’shni yigit G’ayrat va uning xotini Qumri xolaning issiq-sovug’idan xabar olib turibdi. G’ayrat yaqinda yana chet elga borib qaytdi. Qumri xoladan xabar olish uchun (uning yoniga 2 ta non olib) kirib keldi.
G’ayrat: Qumri xola, qayerdasiz, qumri xola?
Qumri xola: Labbay, o’g’lim. Ovozginangdan aylanay, bolam, G’ayratjon, senmisan?
G’ayrat: Menman, menman, Qumri xola. Assalomu aleykum. Yaxshi o’tiribsizmi?
Qumri xola: Ha, bolam, o’tiribman. Nimayam qilardim. Yolg’izlik qursin, bolam yolg’izlik qursin. Qariganimda shunday so’ppayib yolg’iz qolaman deb hech o’ylamagandim. O’g’lim Ikromjon kelib qolsa, to’ylar qilamiz. Ko’zimning nuri- bolaginam. Hozir qanday yurgan ekan? Eson-omonmi? O’g’lim, G’ayratjon! Sen uni ko’rdingmi? Axir sen bilan ketgandi-ku, bolam.
G’ayrat: Eh, xolajon. Mana, men borman, keliningiz xabar olib turibdi. Sizni yolg’izlatib qo’ymaymiz. Biznikiga ko’chibo’ting desak ko’nmayapsiz…
Qumri xola: Ko’z ochib ko’rgan Vatanim- shu uyim. Shu maskanda oila qurdim, farzand tarbiyaladim. O’tmishim shu yerda. Men bu joyni tashlab, sizlar bilan ketolmayman. Hademay, o’g’lim Ikromjon kelib qoladi.
G’ayrat: (Chuqur “uff” tortib) Xolajon! Men yaqinda Ikromjonni ko’rdim. Siz haqingizda xabar beray deb yoniga bordim. Yonida xotini va kichkina qizchasi bilan ketib borayotgan ekan. Oldiga borib, salomlashib gaplashay desam chet elchasiga bir narsalar deb meni jerkib tashladi. Hatto meni tanimadi ham. O’z tilini unutib, Turkiya fuqaroligiga o’tibdi. Endi undan umid qilmang, xolajon. Biz bilan yashay qoling. Sizning duoyingizni olib yashaylik\, xola.
Qumri xola: Bu qanday xo’rlik, Bu qanday qabohat? O’g’lim, men seni shu niyatda katta qilganmidim? Nahotki, o’z ona tilingni, Vataningni, xalqingni yuziga oyoq qo’ygan bo’lsang. Men bunday o’z tilini sotgan o’g’ilni oq qildim, oq qildim. Rozi emasman. Bergan oq sutimga rozi emasman. (Deb baqirib, yiqilib yig’laydi. G’ayrat esa uni yupatib olib chiqib ketadi) .
Muallif: Mana, ko’rdingizmi, azizlar. Ushbu sahna ko’rinishida namoyish qilinganlardan o’rinli foydalanish lozim. Chunki, op’z oilasi, ota-onasi, Vatani va hatto o’z tilini sotish – eng katta gunohdir. Barchamiz hamisha tilimizga e’tiborli va hurmat bilan munosabatda bo’lishimiz lozim. O’zbek adabiy tilining asoschisi-Alisher Navoiy aytganlaridek, “Tilga e’tibor- elga e’tibor”.
1-boshlovchi: Endi navbatni bugungi bayram dasturining tashkilotchisi, ona tili va adabiyot fani o’qituvchimiz Xodjayeva Gulnoza opaga beramiz. Marhamat.
(U o’z nutqida tilni ulug’lovchi ibratli fikrlarni bayon etdi va nutqini o’z ijodidan she’riy namunalarini aytib yakunladi.)
Tilimga alyor
Dunyoda xalqlar ko’p, tillar ham, ammo, Navoiy, Fitratlar asarlarida,
Har bir xalqqa o’z tili suyuk. Ma’nolar mahzani beradi jilo.
Yechimini topmay qilmas muammo, Shoirlar she’r yozsa ash’orlarida
Shuning uchun tilimiz buyuk. Tilimiz oftobdek sochadi ziyo.
Qarzimizdir avaylamoq, asramoq,
Sening ulug’ maqomingni, nomingni.
Seni unutganlar iymondan yiroq,
Yurakka jo etarmiz kalomingni.
2-boshlovchi: Aziz o`quvchilar! O`zbek tilining javohir xazinasining benihoya boyligi, go`zalligi, nafisligi, jozibadorligini ulug` bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy asraganlaridek asraylik, o`rganaylik, rivojlantiraylik.
The scenario of the ceremony
“Uzbek language is our heart!”
Prepared by English teacher of School 3, in Turtkul
Khasanova IndiraAzimovna
The scenario of the ceremony “Uzbek language is our heart!”
Presenter 1:Harso’zidailohiylik bor.
HaqOllohdanbirvaxiylikbor
Bag’rikenglik, zo’rsaxiylikbor
Imonimsan, o’zbektilim, o’zbektilim
Presenter 2:Allasiga duo qo’shilgan,
Lafzlarigashifoqo’shilgan.
Ezgutalabnidoqo’shilgan
Sendahayot, sendabaxtyo’lim
O’zbektilim, O’zbektilim.
Presenter 1:Good day dear kind respectful teachers.
Presenter 2: Good day the clever & the strong Uzbek youth. Welcome to the ceremony.
Presenter 1: We’re so happy to see you here in this great day.
Presenter 2: As you know today we celebrate 28 anniversary of “Uzbek State Language.” This ceremony is devoted to our mother tongue.
Presenter 1: On October 21, in 1989 Uzbek language is proclaimed as “The State Language”. For this reason it’s the special date for us & we celebrate this day.
Presenter 2: So we say you welcome to the ceremony.
Then the song “lullaby” is played. Pupils come to the stage. In the centre one girl appears as a symbol of mother tongue. She’s wearing white dress like mothers &symbolizes the angels appearance. Then she starts speaking. “Alla bilan kirganman sening jonu tanagga, Onang kabi azizim. Bolajonim men senga Onajoning o’rgatgan Ona tili bo’laman. Jondan aziz suyanching otang tili bo’laman. Bobolardan, momolardan meros bo’lgan tilingman.Shuning uchun bolajonim sening jonu dilingman .Millatingni qadrlab, ko’taraman ko’klarga. Tiling qadrin bilmoqni, o’rgataman yoshlarga. O’zbek tili- ona tiling. O’zbekiston vataning. Tiling uchun, eling uchun fido bo’lsin jon – taning ” .
Presenter 2: Our Uzbek language is so magic & beautiful. Because we’ve a famous great founder of our language, of course he’s AlisherNavoiy.
Presenter 1: It’s absolutely true. We can’t imagine Uzbek language without his name. Every word of his poetry is close to our soul.
Presenter 2: Yes, right. It sounds great especially Navoiy’s works. Even the translations are also beautiful.
Presenter 1: Of course. Now we’ll listenA.Navoiy’srubais in English. Listen & enjoy them.
Sanjar:
I love you more than my soul, oh, my dear
I love you more than all numbers, oh,my dear
Loving anything can not be more than that,oh my dear
Zebo:
Ondin seni ko’p sevurmen ey umri aziz
Sondin seni ko’p sevurmen ey umri aziz
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas
Jondin seni ko’p sevurman ey umri aziz.
Ruhshona:
A poor is said to be not happy in a strange land
People are said not treat him friendly and kindly
Should there grows a red rose in the cage,
Is said not to make a company like a prickle for nightingale
Nabijon:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish.
Farangiz:
I said holding by your chin your cheeks I kiss
Licking your eyes with eyelids your brows I kiss
Smelling your rosy cheeks your lips I kiss
If you say: No,no,no, your foot I kiss.
Presenter 2: Thanks for these pleasant poems.
Presenter 1: We again recognized that A.Navoiy’s poetry is so powerful. Even they’re learnt by foreign people. Now we’ll watch a episode from his life.
Presenter 2: It’s so interesting, I think. Let’s watch.
Episode: “One day mentor Lutfiy called his apprentices Alisher&Xusayn. He wanted to know how wiser his apprentices. So he gave them picture which head & weapon were described & asked them to comment on it. The next day they came to their mentor’s home. Lutfiy asked Xusayn to give explanation to the picture. Xusayn: “I’m so thanked for weapon. It’s so great. I wrote anthem for frights & weapons.” Then she turned to Alisher& listened to him. Alisher: “Mentor, head is the symbol of wisdom & it always help to people. But weapon is against for head & brings it a lot of sadness. After hearing this wordsLutfiy said “Good for you Alisherbek. You’re so clever. But he didn’t say anything to Xusayn.”
Presenter 1: In the episode we see that A.Navoiy was so clever & wise in his childhood.
Presenter 2: Yes, right. Now we’ll watch a dance. Watch & enjoy it.
Presenter 1: Uzbek language is rich of words. We should use them correctly in our daily speech.
Presenter 2: We should appreciate Uzbek language. Attention for the Uzbek language it’s the attention for the future of Uzbekistan.
Presenter 1:Asrlaringqilganbirqadam
Ming odamni qilgan biro dam
Unutmasin xalqparvar xotan,
Dunyo qadar bilmasin o’lim
O’zbek tilim, o’zbek tilim.
Presenter 2. We’ll have to close the ceremony. Thanks for your attention.
Both presenter:Siz tilni asrangiz har nedan ortiq.
Yagona zamini asragan simon
Bobolardan noyob bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.
See you dears!
21-oktyabr Ōzbek tiline mámleketlik til biyligi berilgenine 28 jıllıǵına arnalǵan ,,Ana tilim – maqtanıshım’’ temasındaǵı ádebiy kesheniń scenariysi.
1- baslawshı: Assalawma áleykum húrmetli hám qımbatlı áziz ustaz muǵallimler.
2- baslawshı: Assalawma áleykum qádirli miymanlar hám oqıwshılar! Ōzbekistan
Respublikasında ,,Ōzbek tili – mámleketlik til’’ ataǵın alǵanlıǵınıń 28 jıllıǵına arnalǵan
,,Ana tilim- maqtanıshım’’ atlı ádebiy keshemizge xosh keldińiz!
1- baslawshı: Sizlerdi bul bayram menen shın júrekten qutlıqlaymız. Mashaqatlı jumıslarıńızda úlken tabıslar, shańaraǵıńızǵa tınıshlıq-amanlıq hám bekkem den- sawlıq tileymiz.
2- baslawshı: Ōzbek tilinıń eń gόzzal, bay, biytákrar hám biybaha til ekenligin Alisher Nawayı babamız ,,HAMSA’’ shıǵarmasın όzbek tilinde jazǵan hám pútkil dúnyaǵa tanıtqan.
1- baslawshı: Qaraqalpaqstanda eki til, όzbek hám qaraqalpaq tiller mámleketlik til bolıp esaplanadı. Mámleketlik hújjetler, jıynalıslar hám oqıw sabaqlıqları hár eki tilde teń alıp barıladı.
2-baslawshı: Endi biz όzbek hám qaraqalpaq shayırlarınıń til haqqındaǵı qosıqları, tilge baylanıslı naqıl-maqallar hám ayaq- oyınlardı tamasha etiwge mirát etemiz. Márhámát tamasha etiń.
1- oqıwshı: Analar baxtım der balan degendi,
Qánshelli shekse de nala degendi,
Shayır, sen eń dáslep ,,ana’’ degendi,
Qaysı tilde ayttıń? – Ana tilimde!
2-oqıwshı: Aldıńda ashılıp tuńǵısh álipbe,
Sol qunıqqan saatıńdı táriple,
,,Watan’’ sόzin dáslep úlken háripte,
Qaysı tilde jazdıń? – Ana tilimde!
3- oqıwshı: Sen sadıq ekenseń ana tilińe,
Qazan urmay qalmas όmir gúline:
Bir kúni ,, Máńgi xosh bol-deseń elińe,
Qaysı tilde aytasań?- Ana tilimde
4-oqıwshı: Ana tilim-ada bolmas baylıǵım,
Maqtanıshım, ońnan tuwǵan ay-kunim.
Qırq meń qızıl altınǵa da bemeymen,
Hátteki, bir ashıwımnıń qaytımın.
5-oqıwshı: Ana tilim, sen-basqadan ayırmam,
Sen turǵanda men de ádawır shayırman.
Sonsha qatal surgenlerde joǵalmy,
Bul kúnlerge jetkenıńe qayıman.
6-oqıwshı: Ana tilim-meniń ata-anam bul,
Har túbi bir shayqatılǵan shaqań bul,
Olar menen birge όmir súrmesem,
Kerek emes maǵan jaqtı jáhán bul!
7-oqıwshı: Bayterekseń όsken gone tamırdan,
Dilwarlıǵıń qıl suwırǵan qamırdan
Qaraqalpaqtıń kewil qusı sayrasa,
Sόz qıysını ǵaziyneńnen tabılǵan.
8-oqıwshı: Qultegin babadan uqtım atıńdı,
Maxmud Qashqariyden kόrdim xatıńdı,
Qutadǵu bilikten baslap saltıńdı,
Saǵa alǵan meniń turkey tilimseń.
Keshe sonday dawam etti. Oqıwshılar til haqqındaǵı qosıqlardı izbe-iz aytıwdı dawam etti. Keyin baslawshılar shıǵıp til haqqındaǵı aytılǵan ájayıp qosıqlardı aytqan oqıwshılarǵa raxmet ayttı hám ádebiy kesheni dawam etiwdi tilge baylanıslı naqıl- maqallarǵa ekenligin ayttı. Oqıwshılar tárepinen tilge baylanıslı naqıl- maqallar aytıldı. Naqıl- maqallardan úlgiler:
– Tilge itibar- elge itibar.
– Ańlamay sόylegen awırmay όledi.
-Tayaq etten όtedi, sόz súyekten όtedi.
– Adam tilinen, mal shaqınan.
– Jaqsı sόz jan azıǵı.
– Adamnıń júzine qarama, sόzine qara.
– Aytıwshı aqıl bolsa, tıńlawshı dana.
– Biyday nanıń bolmasa da, biyday sόziń bolsın.
Soń όzbekshe hám qaraqalpaqsha ayaq- oyınlar atqarıldı.
1- baslawshı: Húrmetli ádebiy keshemizdiń qatnasıwshıları! Ustazlar hám muǵallimler kúnine arnalǵan keshemiz de όz juwmaǵına jetti.
2-baslawshı: Qádirli muǵallimler, ustazlar jas áwladtı tárbiyalawday mashaqatlı jumıslarıńızda tabıslar tileymiz.
Itibarıńız ushın raxmet.
Любой язык по своему велик-бесценное наследство свой родной язык, Как самое на свете дорогое!
Ведуший– Ассалому алайкум, ҳурматли мехмонлар!
- Здраствуйте, дорогие гости нашего праздника!
– 21 октября 1989 года в .узбекистане был принят Закон ,,О государственном языке” . В нем определены вопросы развития и государственной защиты языком всех нащий и народностей, проживающих в нашей стране.
Традиционно каждый год этот день в нашей стране широко отмечается как день придания узбекскому языку статуса государственного.
Дом родной для многих наций, дал навеки имя нам,
Узбеклар! Узбекистанцы!
Это наш Узбекистан!
Шахноза:
Родной язык!
Он с детства мне знаком.
На нем впервые я сказал ,, мама , На нем клялась я верности упрямой.
И каждый вздох понятен мне на нем.
Арифжан:
Родной язык!
Он дорог мне, он мой,
На нем ветра в предгорьях наших свущит.
Мне лепет птиц зеленою весной…
Улбосин:
С самого раннего детсва и до глубокой старости вся жизнь человека связана с языком, Ребенок ещё не научился говорит ласковое журчание бабашкиных сказок, матеренской колыбелной песни.
Хилола:
Язык душа народа и козяин ее сам народ. Национальный язык это историля, без которой ни один народ не мыслим. Именно языку дано право быть отражением народа и развития государства.
(Ученики исполняют танец).
Лайло:
Знать язык сегодня стало
Лишь один, не скорою мало.
Если два-вопросов нет,
Ты для всех-авторитет.
Тех, кто три прекрасно знает,
Все за гениев считают.
Ну, а если все четыре-
Нет людей богаче в мире.
Узбекский язык-это язык наших великих предков-Алишер Навои, Мухаммад ибн Мусы аль-Хорезми, Захриддин Мухаммад Бабура,
Амира Темура и многих других.
Шахзода:
Алишер Навои был основоположником Узбекской литературы и литературного языка, гениалным поэтом и мыслителем, государственным деятелем. Он создал великолепные образцы высокой лирики и продемонстрировал великие возможности узбекского языка, его богатство, гибкость и изящество.
Севинч:
Захриддин Мухаммад Бабур Внес значительный вклад в развитие узбекской литературно-художественной мысли, формирование поэзии и прозы.
Зилола:
Амир Темур по праву является одной из ярчайших личностей в истории не толкько нашего народа, по и вего мира. Он очень любил историю, литературу, наку и исскуство, делал все для их развития и процветания.
О был подуху созидателем, построившин великию империю.
(дети исполняют национальный танец)
Ведущий:
Дорогие гости и учуники, в соответствии со статьей ин Конституции Республики Узбекистан и Знаком ,, Об образовании” каждому гарантируются равные права на получение образования независимо от пола, языка, возраста, расавай, найионалной принадлежности, узбеждений, отношения к религии, социалного, происхождения, рода занятий, общественного положения, места жительства, продолжительности проживания на территории Республики Узбекистан.
Шахноза:
Наряду с узбекским и русским языками в Узбекистане, свободно развивиаются и ве другие националные языки. В соответсвии с Законом ,, О государственном языке” сегодня в общеобразователных школах Респуьлики Узбекистан обучение ведется на семи языках: узбекском, каракалпакском, русском, казахском, кыргызском, таджикском, туркменском. В носят свою лепту в диалог культур и национальные культурные-центрыЮ которые стали местом объединения людей, где они могут сохранять и передавать подрастющему поколению многовековоеткулбтурноетнаследие.
Улжан:
Согласно Закону ,,Об образовании” обучение в школах республики является обязательным и бесплатным. Учет детей ведется по годам рождение , а не по национальной принадлежности.
В республики искренне уважают языки, обычали и культуру всех наций и народностей. Мы вместе отмечаем государственные праздники, навруз, татарский Сабантуй,русскую Масленицу и другие.
Элдор:
Есть много способов обшения:
Жест, мимика способов или сигнал.
Но вот в ,,прекрасное многовение”
Связь звуков человек познал.
Жамшид:
Тепер известна сила слова!
И как богат язык людей!
Один вопрос тревожит снова:
Какой язык считать важней,,,
Мардон:
Кого не спросить, без сомнения
Хот это финн, узбек, словак,
Ответят, не вступая в прения:
Вся красота в родных словах!
(Ученики исполняют танец)
Ведущий:
-Итак, ребята, каждый язык-это целый мир. Это живая душа народа, его радость, боль память, сокровище. Нет такого языка, который бы не заслуживал уважения, Мы сегодня убедилилсь: Язык это оружие дружбы, и с тех пор как стоит мир, лучшего оружия никто не придумал.
Любой язык по своему велик-бесценное наследство свой родной язык, Как самое на свете дорогое!
To’rtko’l tuman XTMFMT va TEB ga qarashli
3-umumiy o’rta ta’lim maktabning 2b-sinfida
,,Ona tilim-jonu dilim” mavzusida o’tkazilgan tadbir
senariysi
,,Ona tilim-jonu dilim “ tadbir ssenariysi.
Boshlovchi: Assalom, maktabim ey nuri ummon
Assalom ,bilimga chanqoq bolajon
Assalom, ma’rifat ey bahri iymon
Assalom, muallim ijodkor inson.
Assalom, dunyoning nurli ziynati
Assalom, tiriklik umr lazzati
Assalom, yangilik ruxning quvvati
Assalom, xalqimning olim hilqati.
Aziz davramiz mehmonlari, hurmatli ustozlar va ota onalar!
Bugungi ,,Ona tilim-jonu dilim “ deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.
Hozir aziz bolajonlarimiz ona tilimiz haqida ma’lumotlar berishadi. Marhamt tinglab tomosha qiling.
1-O’quvchi:O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari arafasida 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Shu bois har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
2-O’quvchi:O’zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan. O’zbekiston Respblikasing davlat tili, o’zbek tilidir.O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf odatlari, an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
3-O’quvchi:Ayniqsa, o’zbek adabiy tilining vujudga kelishda va uning rivojlanishida Alisher Navoiyning o’rni beqiyosdir.U o’zining ko’plab ilmiy va badiiy asarlarida o’zbek tili boy tillardan ekanligini ilmiy va nazariy isbotlab bergan.
4-o’quvchi; Men bugun madh etay ona tilimni
Ona tilim axir ,onamdek buyuk
O’zbeklarning tilin o’zbek tilini
Jumlai kalomi biz uchun suyuk.
5-o’quvchi;Ona tilim onajonim tili bu
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa
Elu yurtim xonu monim tilu bu
Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa.
6-o’quvchi;O’zbek tili Navoiyning inomi
Xorazmiy ,Bobur Mirzo ilhomi
Faxr bilan jaranglaydi bu kalom
O’z tilimda davlatimiz maqomi.
7-oquvchi;Har so’zida ilohiylik bor
Haq Allohdan bir vahiylik bor
Bag’ri kenglik zo’r saxiylik bor
Imonimsan o’zbek tilim ,o’zbek tilim.
8-o’quvchi;Allasiga duo qo’shilgan
Lafzlariga shifo qo’shilgan
Ezgu talab –nido qo’shilgan
O’zbek tilim,o’zbek tilim .
9-o’quvchi;Bobolar hikmat bilgan
Ardoqlab lug’at qilgan
Qolishmas hech bir tildan
CHiroyli qizil guldan.
10-o’quvchi;Ona tilim sen borsan shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman
Sen yo’qolgan kunim shubhasiz
Men ham to’ti bo’lib qolaman
Boshlovchi;Tilga hurmat –elga hurmat deydilar.Kimki o’z ona tilini e’zozlamasa,o’z xalqini e’zozlamagan,hurmat qilmagan bo’ladi.Lekin ichimizda shunday kimsalar borki .ular o’z ona tilida to’g’ri gapira olmaydilar.keraksiz so’zlarni qo’shib tilimiz sofligiga putur yetkazadilar.Bunga quyidagi sahna ko’rinishi ham yaqqol misol bo’la oladi.
(Ona oldiga qizi kirib keladi)
Ona:Keldingmi ,qizim ?
Qiz:Privet mamochka.Zerikmay o’tiribmisiz?
Ona:Ha,o’tiribman.O’rtog’ing Gulnoz qo’ng’iroq qilgan edi.
Qiz:Gulochkaya.Zvanit qilib nima dedi?
Ona:O’zi telefon qilar deb aytdi.
Qiz:(Qo’ng’iroq qila boshlaydi.) Allo ,privet Gulya. Qalaysan? Nastroyeniyang yaxshimi? Ha,rahmat. Koneshna,nu koneshna. Gulochka ,ertaga nima darslar bor,vtornikda. Iye,yana sochineniyami. Nu xo’p. Do zavtra.
Ona: Qizim ,hozir qaysi tilda gaplashding ?
Qiz: Kulturniy tilda gaplashdim mamochka,kulturniy tilda .Xo’p,men parkka borib kelay,podrugam kutib turgandir .
( Qiz chiqib ketadi.Ona orqasidan qarab qoladi .)
(“Chamanda gul” raqsi)
Boshlovchi;Alisher Navoiy ona tili xazinalarini ochib ko’rgach,uni shunday ta’riflagan edi.”Tilimiz 18000 olamdan boyroq bo’lgan shunday bir xazinaki ,har har bir dur-u gavhari ,ya’ni so’zlar osmon yoritgichlaridan ham porloq,shunday bir gul-u chaman lolalaridan go’zalroqdir.Aziz bolalar ,siz mana shu buyuk xazinaning sohibisizlar.Uni asrang va qadrlang.O’zaro so’zlashuvda muloqot odobiga rioya qilish,vaziyatga qarab fikr bildirish,yoshni e’tiborga olib muomala qilish,go’zal va bama’ni so’zlash –bu insoniylik belgilaridan ekan ,unga amal qilish burchimizdir.
Tilimizni asrang har nedan ortiq
Yagona zaminni asragan simon
Bobolardan qolgan bu noyob tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.
Shuning bilan “Ona tilim –jonu dilim”deb nomlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Xayr, salomat bo`linglar….

