Yangi yil

To’rtko’l tuman XTMFMT va TEBga qarashli 3-umumta’lim maktabida yangi 2018-yilning kirib kelishiga bag’ishlangan “Yangi yilga yangi marralar bilan” deb nomlangan bayram dasturi bo’lib o’tdi. Unda maktabning barcha sinflari ishtirok etishdi. Bayram dasturini maktab direktori Y.Rozumbetov  ochib berdi. U o’z nutqida  2017-2018-o’quv yili yakunlari, ushbu o’qish yilidagi erishilgan yutuqlar, yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar haqida, Yurtboshimiz tomonidan 2-18-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi haqida  atrtoflicha ma’lumot berib o’tdi.  Shundan so’ng 7-“B” sinf o’quvchilari ijrosida O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.

Bayram dasturining rasmiy qismida  8-“B” sinf o’quvchisi Mirzayeva Zuhra “Yil sarhisobi” bilan tanishtirdi.     Tadbirning badiiy va musiqiy qismida maktabning barcha o’quvchilari faol ishtirok etib, yig’ilganlarni xushnud etdi.  6-“V” sinf qizlari ijrosida “Assalom-u alaykum” qo’shigi ijro etildi. 10-“B” sinf qizlari mehmonlarni Yangi yil bilan o’zbek, rus, ingliz va qoraqaalpoq tillarida tabriklab, har bir tabrikdan so’ng shu tilda kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Bayramga aziz mehmonlar-Qorbobo va Qorqizning tashrifi bolajonlarni juda xursand qildi. 5-“B” sinf o’quvchisi ijrosida Xorazmcha raqs, 3-“A” sinf qizlari ijrosida oraqalpoqcha raqs, 7-“A” sinf o’quvchilari ijrosida inglizcha raqs, 6-“B” sinf yigit va qizlari ijrosida ozarbayjoncha raqs ijro etilib, bayram kayfiyatiga yanada ko’tarinkilik baxsh etdi. Maktabning sport sohasidagi yutuqlari namoyish etilganida 2-”V” sinf o’quvchisining karate bo’yicha ko’rsatgan chiqishi maktab o’quvchi va o’qit

uvchilari qalbida faxr-u g’urur uyg’otdi.