Ona tili

Ona tili   7-sinf        Test  savollari.  1-variant

1.Turkiy  tilda yaratilgan ilk lug’at va uning muallifi…                                A) “Muhokamat ul-lug’atayn”, A.Navoiy   B) “Devonu lug’otit turk”, M.Koshg’ariy         C) Abushqa lug’ati            D) “Muqaddimat ul adab”, Zamahshariy

2.So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan qismi qaysi?        A) Asos (o’zak);            B) Qo’shimchalar;          C) Asos va qo’shimchalar;                 D) So’z

3. Boshqalarga qaraganda o’z-o’zingdan istihola qilishni o’rgan. Ushbu gap tarkibida qo’llangan olmosh turini aniqlang

A) so’roq olmoshi. B) Kishilik olmoshi.

C) Ko’rsatish olmoshi. D) O’zlik olmoshi.

4. Qaysi so’z tarkibida portlovchi undosh tovush mavjud?

A) foizsiz, B) sababsiz, C) suvsiz,         D) yuzsiz

5. Javoblardan oltin so’zi o’z ma’nosida qo’llangan gapni belgilang

A) Yor-u do’stlar ahil bo’lib, cho’lda oltin undirishdi.

B) Oltin kuzning o’z fazilati bor.

C) Bolaligida Zulayho oltin sochli qizaloq edi.

D)O’zbekiston oltini xalq farovonligiga, Vatanimizning yuksalishiga xizmat qilmoqda.

  1. Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umum lashtiruvchi so’zdan oldin qanday tinish belgisi qo’yiladi?       A) nuqtali vergul;         B)tire;       C) ikki nuqta; D) vergul.
  2. Qaysi yuklamalar yozma nutq uslubi uchun xoslangan?
    A) –chi, -a(-ya); B) –mi, -chi, -a.       C) –ku, na…na. D) –dir, -ku, -da.

8.Vazifadosh bog’lovchilar  qaysi so’z turkumlari bilan vazifadosh bo’la oladi?

1) yuklama,  2) ko’makchi,  3)modal so’z,  4) undov so’z.

A) 1;        B) 1,2;            C)1,2,3.             D)1,2,3,4.

9. Mavhum otlar qaysi qatotda berilgan?                                               A) gul, iz; B) jamol, chiroy. C) bulut, chana; D) ovunch,o’kinch.

10. Quyida berilganlardan qaysi biri so’z yasovchi qo’shimcha hisoblanadi?

A) –jon, -ni; B) –sa, -q;         C) –gi, -ning;            D) –ni, -dan.

11. Aniqlovchi vazifasida kelgan olmosh qo’llangan gap qaysi?

A) Shularni odam yaratgan, ularda odam qo’lining izi bor.

B) Sizni nima qiziqtiradi?

C) Nimadan gap ochishni bilmay turdi?

D) Kimning uyi yaqin?

12. Yetakchi fe’l bilan ko’makchi fe’llar, asosan, qanday shakl yordamida bog’lanadi?

A) Tuslovchi qo’shimchalar yordamida;

B) Ravishdosh qo’shimchasi yordamida;

C) Ohang yordamida;

D) Turlovchi qo’shimchalar yordamida.

13. Tutuq ‘ belgisi qaysi so’zda noo’rin qo’llangan?

A) ta’m, B) ma’yus, C) ta’qiq,              D) ma’mur.

14. Qaysi qatorda ikki so’zning ko’makchi yordamida birikishi berilgan?

A) fabrikada ishlamoq; B) o’qish orzusi;

C) qushlar bilan do’stlashmoq; D) havodagi qushlar.

15. O’timli fe’llar berilgan qatorni toping.

A) qaramoq, bog’lamoq, chiqmoq.

B) ko’rishmoq, sinamoq, uxlamoq.

C) bajarmoq, ko’rmoq, aytmoq.

D) bormoq, kulmoq, janjallashmoq.

16. Imloviy jihatdan so’zlarni to’g’ri yozishga qaratilgan qonun-qoidalar majmui…

A)Orfografiya  qoidalari deyiladi.

B) Grammatik qoidalar deyiladi.

C) Fonrtik qoidalar deyiladi.

D) Orfoepiya qoidalari deyiladi.

17. Mumtoz she’riyatda may ta’rifida kelgan g’azallar qanday nomlanadi?

A) g’azali husni matla’; B) axloqiy-ta’limiy g’azallar.

C) rindona g’azallar; D) hajviy g’azallar.

18. Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarida “O’zi sezmagan

holda kam uchraydigan baxtli odam” kim?

A) Guljamol.       B) Mo’min chol;

C) Seydahmad;      D) bola.

19. Qaysi yozuvchi o’z asari haqida “yozmakka niyatlanganim yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir havasdir”– deb yozgan?

20. Faqat yakka holda qo’llanadigan bog’lovchilar qatori qaysi?

21. Berilgan gapda mustaqil so’z turkumlaridan qaysi birlari qo’llangan? Aql quvvatni oromdan emas, mashqdan oladi.

22. taqlid so’z qo’llangan gap yozing.

23. Alisher Navoiyning “Mars-Mirrix” yulduzi ma’nosini anglatuvchi qahramoni nomini aniqlang.

24. Mumtoz adabiyotdagi boshqotirma janrini aniqlang.

25. Ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishiga  nima deyiladi?

Ona tili       7- sinf        Test savollari  2- variant

  1. O’zbek adabiy tilining  asoschisi kim/  Bu ulug’ shoirning mashhur lingvistik asari qaysi?

A)Zamahshariy, “Muqaddimat ul adab”;

B)M. Koshg’ariy, “Devonu lug’otit turk”

C) A. Navoiy, “Muhokamat ul lug’atayn”;

D) barcha javoblar to’g’ri.

2. Adabiy tilning qanday shakllari mavjud?

A) og’zaki va yozma, B) Adabiy til va sheva.

C) Qarluq, qipchoq, o’g’uz. D) A va C javoblar to’g’ri.

3. Qaysi qatorda burun tovushlari berilgan?

A) M, n, ng. B) B, p, m. C) v, f, x.              D) Q, g’ x

4. Antonimlar ko’pincha qaysi so’z turkumlaridan hosil bo’ladi?

A) Fe’l. B) Sifat. C) Son.             D) Olmosh.

5. Qaysi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas?

A) zidlov bog’lovchilari; B) Ayiruv bog’lovchilari;

C) Bog’lovchi- yuklamalar; D) Sabab bog’lovchilari.

6. Qaysi qatordagi fe’l hozirgi zamonni bildiradi?

A) Yugurib turibdi; B) O’qib chiqibdi;

C) Aldab yuboribdi; D) Kulib gapiribdi.

7. Har kimning bilgani- o’ziga. Ushbu gapda nechta va qanday olmoshlar ishtirok etgan?

A) 2 ta:o’zlik va takror olmoshlar.

B) 2 ta:gumon va o’zlik olmoshlari.

C) 2ta: juft va o’zlik olmoshlari.

D) 2 ta: o’zlik va belgilash olmoshlari.

8. Sodda sonlar ichtirok etgan gapni aniqlang.

A) Majlisga 5-6 ota- ona keldi.

B) Karima 4-5 yil sabr qildi.

C) Yigirmanchida oxirga imtihon bo’ladi.

D) O’n beshinchi kuni hovlimizga ko’chdik.

9. Qaysi qatorda egalik qo’shimchasi mavjud emas?

A) Opachang, B) Onang;

C) Qizchang; D) Chang.

10. Qaysi qatorda tub so’z bor?

A) tarqoq; B) saboq;  C) qaynoq;                D) quvnoq.

11. –ch qo’chimchasi qanday qo’shimcha?

A) so’z yasovchi. B) lug’aviy shakl yasovchi.

C) sintaktik shakl yasovchi; D) so’z va shakl yasovchi.

12. Qaysi iboraning ma’nosi “tegajoq” so’zining ma’nosiga teng keladi?

A) tutgan yeridan kesadi.

B) tepa sochi tikka bo’ldi.

C) yerga ursa ko’kka sachraydi.

D) tekkanga tegib, tegmagangakesak otadi.

13. Dostonlarning qaysi turi ko’proq uchraydi?

A) Jangnoma dostonlari. B) Romantik dostonlar.

C) Ishqiy qahramonlik dostonlari;

D)Tarixiy dostonlar.

  1. Qaysi muhaddis olim “Muhaddislar imomi”, “Muhaddislar sultoni” unvonlarini olgan?

A)Imom al-Buxoriy;                           B) Imom at-Termiziy;

C) Nosiruddin Rabg’uziy; D) Ahmad Yassaviy.

15. “Otning o’limi- itning bayrami” maqoli Abdulla Qahhorning qaysi hikoyasiga epigraf qilib olingan?

A) “Bemor”; B) “O’g’ri”; C) “Dahshat”;        D) “Sarob”.

16. Yolg’izgina farzand sog’inchida “gado” bo’lgan, “vujudi dardga to’lgan”, olam ko’ziga “qorong’u” bo’lgan onaizor tuyg’ulari uvaysiyning qaysi g’azalida aks ettirilgan?

A) “Sog’indim”; B) “Uvaysiyman”;

C) “Ko’ngul dog’ o’ldi”. D) “Mendin o’rgandi .

17.Quyidagi dostonlardan qaysi biri Navoiy “Xamsa”si tarkibiga kirmaydi?

A) “Hayrat ul-abror”, B) “Sab’ai sayyor”;

C) “Tohir va Zuhra”; D) “Saddi Iskandariy”.

18. “Boburnoma” qanday asar?

A) Avtobiografik asar. B) Diniy mavzudagi asar;

C) Forsiy tilda yozilgan asar; D) B va S javoblar to’g’ri.

19. Otlarga qo’shilib, shu ot ifodalagan tushunchaning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradigan qo’shimchalar…

20. O’zaro zid ma’noli uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap qismlarini bog’laydigan bog’lovchilar qanday bog’lovchilar sanaladi?

21. Qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llansa, shu turkumning so’rog’iga javob bo’ladigan mustaqil so’z turkumi qaysi?

22. –chi, -a, -ya yuklamalari yordamida qanday  gap tuziladi?

23. So’zlarga qo’shilib yoziladigan yuklamalar qaysi qatorda berilgan?

24. Aziz asrimizning aziz  onlarin,

Aziz odamlardan  so’raydi qadrin.

Fursat g’animatdir  shoh satrlar-la

Bezamoq chog’idir  umr  daftarin.

Ushbu  falsafiy she’r muallifi kim?

  1. O’zbek romanchiligining asoschisi kim?