14-yanvar

To’rtko’l tuman XTB ga qarashli 3-umumiy o’rta  ta’lim maktabida 14-yanvar- “Vatan himopyachilari kuni” ga bag’ishlab  “Milliy armiyamiz – mardlik, matonat va jasorat maktabidir” nomli bayram dasturi namoyish etildi.  Uni maktabning MMIBDO’:  M.Babayeva ochib berdi va maktabning barcha yigitlarini bayram bilan tabrikladi.

Bayram tadbirini maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Masharipova  Mavluda rahbarlik qilayotgan 3-“B” sinf o’quvchilari boshlab berdi. Ular Vatan himoyachilari kuni haqida qimmatli ma’lumotlar aytib, Vatan, vatanparvarlik, vatan himoyachilari haqida she’r , qo’shiq va raqslar ijro etishdi. Ular ijro etgan  “Serjantlar” qo’shig’i  barchani birdek xushnud etdi.

Tadbirda  ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi  S. Koshayeva  tashkil etgan      9-“A” va  5-“A” sinf  o’quvchilari  ishtirokidagi o’zbek tilidagi ruknida  ham  Vatan, Vatan himoyachilari kuni, Vatan himoyasining muqaddas ekanligi haqida tushuncha berilib, she’r va qo’shiqlar ijro etildi. 9-“A” sinf o’quvchisi Bekov Nortoy o’qigan “Qasamyod” yig’ilganlarni Vatanga xizmat qilishga, hushyorlikka, Vatanparvarlikka  chorladi.

Tadbirning Yuldasheva Navbahor tashkil etgan  ingliz tilidagi  qismida 5-9-sinf o’quvchilari qatnashib, Vatan himoyachilari kuni, bu kunning bayram sifatida nishonlanishi haqida inglizcha ma’lumotlar aytilib, she’r va qo’shiqlar ijro etildi. 9-“B” sinf yigitlari ijrosidagi “Askarning bir kuni” nomli komediya bayramga yanada ko’tarinkilik baxsh etdi.